Maktab ma'muriyati     +998 (436) 224-02-01

Samarqand shahriga sayohat

Navoiy shahar 12-davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabining 2017 yil     4-apreldagi  №111 sonli “Maktab o’qituvchi va o’quvchilarini Samarqand shahriga olib borish to’g’risida”gi buyrug’iga binoan 10 nafar o’qituvchi va “Fan olimpiadasi” hamda “Bilimlar bellashuvi”ning shahar va viloyat bosqichlarida sovrinli o’rinlarni egallagan 20 nafar o’quvchilarni rag’batlantirish maqsadida maktab ma’muriyati hisobidan va 125 nafari o’z xohishlari bilan mamlakatimizning Samarqand viloyatiga sayohatga borib qaytishdi.

        O’quvchilar Samarqand viloyatiga sayohati davomida yurtimizning tarixiy obidalari bo’lmish “Registon maydoni”, “Go’ri Amir”, “Bibixonim jome maschidi”, “Ulug’bek rasadxonasi”, “Imom al-Buxoriy” ziyoratgohlarida bo’lishdi. Ushbu sayohat davomida o’quvchilar yurtimizning qadimiy va boy tarixga ega, “Registon maydoni”da XV asrda bunyod etilgan Ulug’bek madrasasi, Sherdor hamda Tillakori madrasalari bilan yaqindan tanishgan o’quvchilar qalbida o’chmas iz qoldirdi.

         O’quvchilarda ko’proq taassurot qoldirgan yana bir  tarixiy obidalar orasida “Ulugbek rasadxonasi” bo’ldi. Ushbu rasadxonaga chiqaverishda bunyod etilgan Mirzo Ulug’bekning monumental haykali, qolaversa, rasadxona  qarshisida ochilgan muzey o’quvchilarda katta taassurot qoldirdi. Shu bilan birga o’quvchilarimiz  qadimgi Samarqand  o’tmishi, uning tub aholisining yashash tarzi, madaniyati, ana’na va qadriyatlari, hunarmandchilik bilan shug’ullanganligi, ilm fan qadimda ham rivoj topganligi haqida ko’plab ma’lumotlarga ega bo’lishdi. Bundan tashqari, qadimgi Samarqand aholisi dunyoning boshqa bir mamlakatlari bilan olib borgan tashqi iqtisodiy, siyosiy aloqalari bilan yaqindan tanishib va o’zlarini qiziqtirgan ko’plab savollarga javob olishib, boy taassurotlar bilan qaytishdi.

Безым1ян1н1ый   Безым1янн1ый

Безым1янный   Безымянный