Maktab ma'muriyati     +998 (436) 224-02-01

“Kamolot” 16 yoshda: Maktabimizda turkum tadbirlar

Maktabimizda o`quvchilarning iste’dodini namoyon etishi, bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazishi uchun “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang`ich tashkilotining faoliyati muhim ahamiyat kasb etmoqda.  O`quvchilar boshlang`ich tashkilot tomonidan tashkil etilgan barcha tadbirlarda faol ishtirok etadi. Xususan, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati  tashkil topganining 16 yilligi munosabati bilan o`tkazilayotgan  qator “Kamolot” – yoshlarning chinakam tayanchi va suyanchi” mavzusida turkum tadbirlar va tanlovlar  o`quvchilar xotirasida o`chmas bo`lib qolmoqda.

           Maktabimizda ramziy “Kamolot” burchagi tashkil etilib, bu joy o`zgacha bezatildi. 25-aprel  kuni taqdimot marosimida maktabdagi “Kamolot” va “Kamalak” sardorlarining chiqishlari  barchada katta taassurot qoldirdi. “Kamolot”da Vatan madhi” mavzusida ijodkor o`quvchilar ishtirokida tashkil etilgan she’riyat kechasida Vatan madhi haqida so`z bordi. Shoirlarimiz tomonidan Vatan madhiga bag`ishlab yozilgan eng sara she’rlar  o`quvchilar tilida jarangladi. Yosh ijodkorlar Vatan haqida  o`zlari yozgan  she’rlarni ham taqdim etishdi.

        “Biz birlashib katta kuchmiz”  shiori ostida tashkil etilgan sport musobaqalari bayramona tus oldi.  Sportning Armlestling, arqon tortish, stol tennisi, tosh ko`tarish, yengil atletika, 2000 metrga yugurish estafetasi  turlari bo`yicha bahslarda o`quvchilar o`z chaqqonligini namoyon etdi.

         O`zbekiston Xalq shoiri Muhammad Yusufning tavallud kuni munosabati bilan “Kitobsevarlar bayrami”da maktabimizning  kitobsevar o`quvchilari ishtirok etdi. Kutubxona mudirasi Mardonova Dilrabo rahbarligida tashkil etilgan “Eng faol kitobxon o`quvchi” tanlovida 7-“I” sinf o`quvchisi Umrzoqova E’zoza 1-o`rinni q`olga kiritdi.  2-o`rinni   6-“A” sinf o`quvchisi Abdullayeva Dinara faol ishtiroki bilan qo`lga kiritdi. 3-o`rinni 7-“B” sinf o`quvchisi Hikmatullayev Ma’ruf  egalladi.  O`quvchilar badiiy asar mutolaasiga bo`lgan qishiqishini ushbu tanlovda ko`rsatib berishdi.

5-6-7—sinflar ishtirokidagi “Eng faol kitobxon jamoa” tanlovida esa “Yog`du” va “Liderlar” guruhi o`zaro bellashdi.  Tanishtiruv, Muhammad Yusuf she’rlarini mahorat bilan o`qish va sahna ko`rinishi, Muhammad Yusuf she’rlari asosidagi qo`shiqlarini jonli ijro etish shartlari asosidagi tanlov o`quvchilarning qiziqishini yanada oshirdi.  “Yog`du” guruhi “Iste’dodli”, “Liderlar” guruhi “Ijodkor” nominatsiyasiga loyiq topildi.

 

Sojida Ganiyeva

20170427_132456   20170427_132756