Maktab ma'muriyati     +998 (436) 224-02-01

Oilaviy totuvlik – baxtli bolalik demak

Har bir kishi uchun eng muqaddas go‘sha shubhasiz oiladir.  Xalqimizda azal-azaldan oilalarning tinchligi, mustahkamligiga e’tibor qaratiladi.  15-may –Xalqaro oila kuni munosabati bilan yurtimizning barcha go`shalarida turli tadbir, suhbat, davra suhbatlari uyushtirilmoqda. Darhaqiqat, oilaning jamiyat rivojidagi birlamchi vazifasi – ma’naviy butunlik bo‘lib, oilada onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, jamiyatda onalarga alohida hurmat – ehtirom muhitini mustahkamlash, barkamol avlodni tarbiyalash, oilada o‘rnatilgan munosabatlar va oila institutini mustahkamlash maqsadida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar e’tiborga molikdir. Bizning ta’lim dargohimizda ham 2017-yilning 20-aprelidan 20-mayga qadar “15 may – Xalqaro oila kuni” munosabati bilan “Oilam mening – baxtim mening” shiori ostida “Oilalarni yanada mustahkamlash oyligi” ni yuqori saviyada tashkil etish chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

       Mazkur chora-tadbirlar rejasiga asosan bir qancha ishlar amalga oshirildi. Maktab fayesida oilalar tinchligi, xotirjamligini aks ettiruvchi  burchak tashkil etildi. Barcha sinflarda haftaning har juma kuni o‘tkaziladigan tarbiyaviy soatlarda
“15 may – Xalqaro oila kuni” to‘g‘risida targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirildi. Bunda o‘quvchilarga oila muqaddas go‘sha ekanligi, oilada farzand tarbiyasida ota-onaning roli, oilada ota-ona oldida farzandning burchlari oilani qadrlash, undagi qonun qoidalarga rioya etish va ota-onani hurmat qilish to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi.

     Maktabning 8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi G.Nurullaeva mas’ulligida “Oilaviy totuvlik – baxtli bolalik demak” mavzusida insholar tanlovi o`quvchilarda katta qiziqish uyg`otdi. Mazkur insholar tanlovida barcha 8-sinf o‘quvchilaridan ona tili va adabiyot faniga qiziquvchi 25 nafari  ishtirok etdi. O‘quvchilarning yozgan insholari tajribali o‘qituvchilar tomonidan tekshirildi va oqilona baholandi. Insholar tanlovida 8-“F” sinf o‘quvchisi Akbarova Zebiniso
1-o‘rinni, 8-“F” sinf o‘quvchisi Komilova Durdona 2-o‘rinni, 8-“A” sinf o‘quvchisi Jo‘raqulova Dilnoza esa 3-o‘rinni egallashdi. Tanlovda g‘olib bo‘lgan ushbu o‘quvchilar 2017-yilning 15-may kuni  “Saflanish” tadbirlarida maktabimiz  direktori A.Azimov tomonidan  “Faxriy yorliq” bilan taqdirlandi. Shuningdek, 2017-yilning 5-6-may kunlari maktabning 5-“F”, 5-“D” sinf o‘quvchilari ishtirokida sinf  rahbarlari M.Nurmonova, D.Yahyoyevalar rahbarligida  “Oilam, mahallam, maktabim mening – Vatan ichra kichik Vatanim mening” deb nomlangan davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida yoshi ulug‘ onaxon-u otaxonlar, mahalla faollari ishtirok etishdi.
1-9-sinflar o‘rtasida o`tkazilgan “Eng ibratli oila” tanlovi barchada katta taassurot qoldirdi. Bunda barcha sinflar kesimida 50 ta oilalar ro‘yxati shakllantirildi. Shakllangan oilalar o‘rtasidan parallel sinflar o‘rtasidan 1 nafardan jami 9 nafar oila g‘olib deb topildi. Xususan, 1-sinflar o‘rtasidan 1-“R” sinf o‘quvchisi Rajabova Kumush Muhiddin qizining oilasi, 2-sinflar o‘rtasidan 2-“B” sinf o‘quvchisi Namozova Malika Nodirjon qizining oilasi, 3-sinflar o‘rtasidan 3-“D” sinf o‘quvchisi Abduraimova Zumrad Otabek qizining oilasi, 4-sinflar o‘rtasidan 4-“I” sinf o‘quvchisi Xolnazarova Mexruza Shavkat qizining oilasi, 5-sinflar o‘rtasidan 5-“I” sinf o‘quvchisi Shoyimqulov Shaxzod Sherzod o‘g‘lining oilasi, 6-sinflar o‘rtasidan 6-“F” sinf o‘quvchisi Iskandarova Feruza Asliddin qizining oilasi, 7-sinflar o‘rtasidan 7-“B” sinf o‘quvchisi Zoyirova Shaxina Farxod qizining oilasi, 8-sinflar o‘rtasidan 8-“I” sinf o‘quvchisi Yandasheva Xolisxon Maxmud qizining oilasi o`zining namunaliligi, mahallada ibratli oila ekanligi bilan e’tibor qozongan.

Maktabda “Mening mo‘jazgina mahallam” mavzusida 1-4 sinf o‘quvchilari o‘rtasida diktatlar tanlovi, 5-6-sinf o‘quvchilari o‘rtasida rasmlar tanlovi, 7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida esa ijodiy ishlar tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda barcha o‘quvchilar faol ishtirok etdi. Diktantlar tanlovida 3-“I” sinf o`quvchisi Erkinova Aziza 1-o`rinni,  3-“A” sinf o`quvchisi  Abduxalilova Ruxshona 2-o`rin, 3-“B” sinf o`quvchisi  Irgasheva Marjona 3-o`rinni sohibi bo`ldi. Rasmlar tanlovida 6-“A” sinf o`quvchisi Ikromova Tamilla, 6-“D” sinf o`quvchisi Eshmurodov Bexruzlar faxrli  1-o`rinni,
7-“I” sinf o`quvchilari  Baxtiyorova Moxichehra, Ro‘zieva Shaxinabonu, 7-“B”  sinf o`quvchisi Olimova Shaxrizoda  2-o`rinni, 5-“A” sinf o`quvchisi Nasullaev Anvar
3-o`rinni egallashdi.  Ijodiy ishlar tanlovida 8-“F” sinf o`quvchilari  Komilova Durdona 1-o`ringa, 7-“A” sinf o`quvchisi Baxtiyorova Kumush 2-o`ringa munosib topildi. Turli tanlovlarda o`quvchilar o`zlarining oila haqidagi tushunchalarini tasvirlab, tafsiflab berishdi.

           Ta’lim maskanimizda  15-may kuni  Oilam mening – baxtim mening ” shiori ostida “Oilaviy totuvlik – baxtli bolalik demak”  nomli tadbir barchaga xush kayfiyat ulashdi.  Tadbirda mahalla faollari hamda “Eng ibratli oila”  tanlovida faol ishtirok etib g‘oliblikni qo‘lga kiritgan oilalar taklif etildi.  “Eng ibratli oila” deb topilgan 9 ta oila o`rtasida psixologik trening o`tkazildi. Tadbir yakunida ushbu oilalar maktab direktori A.Azimov tomonidan maktabning faxriy yorlig`I bilan taqdirlandi.

Dildora Aslonova,

Navoiy shahridagi 12-DIUM Ma’naviy-ma’rifiy

ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari.

DSCN1894   DSCN1884

DSCN1843   DSCN1842