Maktab ma'muriyati     +998 (436) 224-02-01

Muzeylar – boy tariximiz va betakror madaniyatimiz xazinasi

     Ta’lim dargohimizda o`quvchilarni  sayohatlarga olib chiqish, ayniqsa, tarixiy yodgorliklarimiz, muzeylar bilan tanishtirishga  katta e’tibor qaratiladi.

      Yaqinda “Muzeylar – boy tariximiz  va betakror madaniyatimiz  xazinasi” mavzusida  viloyat muzeylariga uyushtirilgan sayohatlar ham o`quvchilar nigohida unutilmas bo`lib qoldi. Xususan, maktabimizning 3- va 4-sinf o`quvchilari navoiy viloyati O`lkashunoslik muzeyi hamda Xotira xiyoboniga sayohati taassurotlarga boy o`tdi. Sayohat davomida o`quvchilar yurtimizning boy o`tmishi, madaniyati, mustaqillik yillarida ro`y bergan ulkan o`zgarishlarni muzeydagieksponatlar misolida guvohi bo`lishdi. Shuningdek, o`quvchilar xotira xiyobonida ham bo`lishib, Motamsaro ona haykali poyiga gullar qo`yishdi. Osuda hayotimiz uchun jonini fido qilgan vatanparvar ajdodlarimiz nomlari yozilgan lavhalar bialna tanishdi.

Ushbu sayohatlar davomida o`quvchilarda Vatanimiz o`tmishini hurmatlash, uning kelajagiga dahldorlik hissini tuyish, o`tganlar xotirasini qalblarda mangu saqlash, vatanparvarlik kabi ezgu fazilatlarning kamol topishida muhim ahamiyatga ega bo`ldi.

Sojida Ganiyeva

20161209_122422   20161209_122124

20161209_121646   20161209_121631