Maktab ma'muriyati     +998 (436) 224-02-01

Xalqimizning asriy qadriyatlari

        Xalqimizning asriy qadriyatlaridan biri el-yurtning tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlarni xotirlash va yoshi ulug`larni qadrlashdir. Mardlik va jasorat namunasini ko`rsatgan, sabr-bardosh bilan xalqimizni yorug` kunlarga yetishishida o`z hissasini qo`shgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat faxriylari, nuroniylarimizga istiqlol yillarida g`amxo`rlik va yuksak e’tibor ko`rsatilmoqda. Yosh avlod bugun “Mustaqillik” degan tengsiz ne’mat ota-bobolarimizning necha asrlik intilishlari, mehnatlari samarasi o`laroq yuzaga chiqqanini anglab bormoqda. Tarixni xotirlash, bugunni qadrlash, o`zligimizni asrab-avaylash  xalqimiz  maqsad-muddaosiga aylangan.

            Shu ma’noda  bizning ta’lim dargohimizda  ham 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan  Vatanimiz ozodligi va sha’n-u sharafini himoyachilariga bag`ishlangan uchrashuvlar va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Tadbirlar mohiyatan o`quvchilar qalbiga inson xotirasini ulug`lash, o`tganlar ruhiga katta ehtirom ko`rsatish, chin o`zlikni anglash, o`lmas an’ana va qadriyatlarimizni davom ettirish, mehr-muruvvat, insoniylik, tinch hayotning qadriga yetish kabi fazilatlarni singdirishga qaratildi. Xususan, “O`tganlar xotirasini yod etish – bizning muqaddas burchimiz” mavzusida  Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari ishtirokida davra suhbatlari tashkil etildi.

        Maktabda o`tkazilgan Muhammad Yusuf tavalludining 63 yilligiga bag`ishlangan “Yurakka ko`milar asl shoirlar”, shuningdek Xotira va Qadrlash kuniga bag`ishlab  “Inson aziz – xotira muqaddas”, “Xotira uyg`onsa go`zaldir”, “Ajdodlar jasorati bizlarga o`rnak”, “Inson qalbi ulug` – xotirasi muqaddas” kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o`quvchilarda katta taassurot qoldirdi. Shuningdek, “Ehtirom buyuk – xotira muqaddas” mavzusida barcha sinflarda tarbiyaviy soat hamda “Tinchlik darslari” o`tildi. O`quvchilar buyuk o`tmishimiz,  yorqin kelajagimiz haqida o`zlarining fikrlarini bildirib, qiziqarli  ma’lumotlarga ega bo`ldi.  Maktabning 3-“B” va 5-“F’ sinf o`quvchilari  sinf rahbarlari boshchiligida  “Xotira” maydoniga ekskursiyalar tashkil qilindi.

         Qadrlash degani – bu asrlar davomida  ona   diyorimizni   xalqimizning  ozodligi va  istiqlolini, erkin  va  farovon  hayotini  mardlik  va  shijoat bilan  himoya qilgan  fidoyi  vatandoshlarimizni  yodga olmoq demakdir.  6-“A”va 6-“B” sinf  o`quvchilari sinf rahbarlari Karimova Maqsuda va O’rinova Ozoda hamda “Gulzor” mahallasi raisi  hamkorligida  2017-yil 4-may   kuni Navoiy shahar  Nizomiy 18-uy  39-xonadon  yashovchi  Abdurahmanova Ulfat momo holidan  xabar olindi.  Abdurahmanova Ulfat momoning yashash  sharoiti  yaxshi  barcha qulayliklari  mavjud ahvoli og’ir  yotoqda ekanlar . Xonada  o`g`li va qizlari bilan  istiqomat qiladi.  Ulfat  xola tashrif buyurgan o`quvchilarimizga  o`z hayot yo`llari  haqida hikoya qilib berdilar. Mahalla raisi Zamira opa u kishning fidokorona mahnatlari haqida so’zlab berdilar. Darhaqiqat,  keksalik –inson umrining donishmandlik pallasi.  Nuroniy onaxonimizning  hayotga bo`lgan muhabbatlari ortib  borib,  qarilikning  o`ziga xos  ko`rki – vazminlik, xushmuomilalik  va donolik  fazilatlari  bilan oila,  mahallaga  fayz kiritib  turadilar. Qariyalarimizning oqil-u donoligi,  mehribonu  xushfe`lligi,  zakovat,  tajribakorligi, nuroniy yuzlarida  o`ziga  xos  taskin  ufurib  turishi – bularning  barchasi  inson hayotini nurafshon  etuvchi chiroqdir.  Ulfat buvi   holidan  xabardor  bo`lganligi  uchun  maktab  ma`muriyati va o`quvchilarga minnatdorchilik  bildirdi va hammani duo qildilar. Bayram  munosabati bilan sovg`a   ulashildi.

      Maktabning 7-“D” sinf hamda 7-“F” sinf o‘quvchilari sinf rahbarlari hamrohligida Mirzo Ulug‘bek 27-a uyda yashovchi Umarova Turdi xolaning holidan xabar olindi.  Maktabning 6-“D” sinf o‘quvchilari ishtirokida ularning sinf rahbari M.Karimova bilan  Nizomiy 16-a 71-xonadonda yashovchi Yo‘ldoshev Bolta boboning uyiga tashrif buyurganimizda otaxon juda xursand bo`lib ketdi. Maktabning 4-“D” va 4-“F” sinf o‘quvchilari bilan birgalikda sinf rahbarlari N.Maxmudova va S.Avazovalar boshchiligida Nizomiy ko‘chasi 12-a uy 18 xonadonda yashovchi Xidirova Xursand momoning xonadoniga tashrif buyurganimizda u kishi quvonchdan ko`zlariga yosh oldi. Maktabning 5-“D” sinf o‘quvchilari boshchiligida sinf rahbari D.Yahyoyeva mas’ulligida “Gulzor” MFY Nizomiy 18-uy 39-xonadonda yashovchi Abdurahmonova Ulfat Bo‘ronboyevnaning  uyiga borib, momoning suhbatidan bahramnad bo`ldik.  3-“R” va 1-“R” sinflari o`quvchilari  va sinf raxbarlari Raxmonova Shaxlo va Muxammadiyeva Maxbuba sinf o`kuvchilari bilan Navoiy shaxar “G‘alaba shox” 153-uy 17-xonadonda yashovchi, 1927-yila to`g`ilgan    Kulikova Elena buvi xolidan  xabar olishga borishdi.  Elena buvi xolidan xabardor bulganligi uchun maktab ma’muriyati va o`quvchilarga minnatdorchilik  bildirildi. Bayram munosabati bilan sovgalar ulashildi.   3-“A” hamda  3-“D”sinf o‘quvchilari va sinf rahbarlari D.Jumayeva, R.Toirovalar boshchiligida “Gulzor” MFY yashovchi nafaqadagi faxriy ustoz Xo‘jamurodova Fazilat opaning suhbatida bo`lib qaytdik.

        E’tiborli jihati shundaki, tadbirlarda ishtirok etgan o`quvchilar ong-u shuurida  keksalarni hurmat qilish, qadrlashga daxldor milliy qadriyatlarimiz, tinchlikni asrash, xalqqa xizmat qilish kabi ezgu tushunchalar yanada kengroq bo`y cho`zdi.

Sojida Ganiyeva

DSCN1780   DSCN1773

DSCN1800   DSCN1779