Maktab ma'muriyati     +998 (436) 224-02-01

Xayr, maktab – salom, oromgoh

Ta’lim dargohimizda 24-may kuni 1-3-sinflar hamda 5-7-sinflar uchun “Xayr maktab, salom oromgoh” nomi ostida turkum tadbirlar o`tkazildi.

      O`quvchilarni 2016-2017-o`quv yili yakuni va yozgi ta’tilga jo`natishni ko`zda tutgan tadbirlar juda qiziqarli o`tdi. Tadbirda o`quvchilar go`zal kuy-qo`shiqlar, raqslar ijro etdi. Ayniqsa, Vatan, ona, maktab, ustozlar, sinfdoshlar, darslar haqida yod aytilgan she’rlar dillarni shod etdi. Maktabimiz direktori so`zga chiqib o`quv yili davomida erishilgan yutuqlarni alohida ta’kidladi. O`quvchilarning namunali xulqi, zukkoligi, iqtidori va iste’dodi, jamoat ishlaridagi faol ishtiroki inobatga olinib, faxriy yorliq va esdalik sovg`alari bilan taqdirlndi. Ota-onalar ham so`zga chiqib maktab jamoasiga o`z minnatdorchiligini bildirdi.

        – Mana, yana bir yoshga ulg`aydik. Qancha sho`xliklar, yutuqlar bilan 7-sinfni ham tugatdik. Men barcha ustozlarimga o`z minnatdorchiligimni bildiraman. Shu yil davomida turli tanlovlarda ishtirok etib maktabimiz sha’nini himoya qildim. Iqtidor va iste’dodim, namunali xulqim inobatga olinib, faxriy yorliqqa sazovor bo`ldim. Kelasi yilda yanada ko`proq o`qib-o`rganish taraddudidaman,  – deb so`zlaydi quvonchga to`lgan 7-“I” sinf o`quvchisi Umrzoqova E’zoza.

         Ha, albatta, maktab bilan xayrlashib, oromgohlarga yo`l olgan o`quvchilarimiz kelgusi o`quv yiliga kuchga to`lib, o`qishga ishtiyoq bilan qaytishiga shubhamiz yo`q.

Sojida Ganiyeva

DSCN2457   DSCN2449

DSCN2433   DSCN2432