Maktab ma'muriyati     +998 (436) 224-02-01

Qalblarda shodlik, minnatdorlik hissi jo`sh urmoqda

Mana bugun 9-sinf o`quvchilari uchun maktabimizning oxirgi qo`ng`iroqi  jarangladi.

         “Xayr maktab, salom kollej!” tadbiri qalblarga zavq-u shavq bag`ishladi. Har bir insonni u bola bo`lgan paytidayoq qo`ng`iroq sadosi maktabga chorlaydi va kutib oladi. 9 yil davomida hali hech narsani bilmaydigan, Vatan neligini, ona neligini, muhabbat neligini anglamaydigan bolakayni qo`ng`iroq sadosi darsga chorlaydi. Har bir soat, har bir daqiqa bolaning keljagiga poydevor vazifasini o`taydi, bu muqaddas dargohda.  Ta’lim dargohimizni shu yil 9-“A”, 9-“B”, 9-“F”, 9-“I” sinf o`quvchilari muvaffaqiyatli tugalladi. Ular uchun oxirgi qo`ng`iroq chalindi va ular uchun kollej-litseylarda o`qishni davom ettirish tilaklari aytildi. Mustaqil hayotga qadam tashlashga tayyor turgan qaldirg`ochlarni maktab fayesida ustoz-o`qituvchilar kutib oldi. Maktabning fayesi, zal va sinf xonalari o`zgacha bezatilgan edi. Maktab hovlisida boshlangan tantanali tadbirda 4-sinf, 8-sinf hamda 9-sinf o`quvchilari ishtirok etdi. Tadbirga joylardan mehmonlar, mahalla faollari va ota-onalar tashrif buyurdi. O`quvchilar bir-biridan go`zal kuy-qo`shiqlar, maktabdagi o`quvchilik damlari haqidagi taassurotlar, she’rlar ijro etishib dillarni shod etdi. “So`nggi qo`ng`iroq”, “Xayr, maktabim” qo`shiqlarini barcha jo`r bo`lib aytdi. Shuningdek, o`quvchilar 9 yil davomida bilim bergan ustozlariga quvonch ko`z yoshlari bilan o`z minnatdorchiligini bildirdi. Kelajakda albatta Vatan, xalq uchun xizmat qilishga so`z berdi. So`nggi qo`ng`iroq jaranglari ostida qalblarda shodlik, minnatdorlik hissi jo`sh urmoqda…

            Maktabimiz direktori A.Azimov so`zga chiqib, 9-sinf o`quvchilarni katta hayotga mustaqil qadam tashlar ekan, kelajakda yaxshi kasb egalari bo`lishini tiladi. 2016-2017-o`quv yilida maktabimiz bir qancha yutuqlarga erishganligini g`urur e’tirof etdi. Yangi o`quv yilida yanada ko`p yutuqlarga erishishga maktab jamoasi harakat qilishi haqida fikr-mulohazalarini bildirdi. O`quvchilar yil davomida erishgan yutuqlari, namunali xulqi bilan maktab ma’muriyati tomonidan faxriy yorliq hamda esdalik sovg`alari bilan taqdirlandi.

        Navoiy shahar  hokimining o`rinbosari A.Salomov  so`zga chiqib, o`quvchilarni tabrikladi. Ularni mustaqil hayotga qadam tashlar ekan, tinimsiz o`qish va izlanishga chorladi.

        Tadbir so`ngida bitiruvchilari 8-sinf o`quvchilariga kelgusi yilda estafetani topshirdi. Tadbirdan keyin bitiruvchilar sinf xonalariga kirib, so`nggi xayrlashuv darslarini davom ettirdi.

Ganiyeva Sojida

DSCN2537   DSCN2530

DSCN2490   DSCN2479

DSCN2468   DSCN2549