Maktab ma'muriyati     +998 (436) 224-02-01

Navoiy shahar 12- davlat ixtisoslashtirilgan umumta`lim maktabida “Yoshlar kelajak bunyotkori” shiori ostida O’zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti tashkil etildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimiz bo`ylab 2017-yil 30-iyundan boshlab “Yoshlar ittifoqi” faoliyati tashkil etildi. Bizning 12-davlat ixtisoslashtirilgan umumta`lim maktabimizda ham 7-sentyabr kuni yoshlar itifoqining 1-tasisis yig`ilishi bo`lib o`tdi. Bunda O’zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti hamda “Kamalak” bolalar tashkilotining maktab sardorlari va yo’nalish sardorlari saylab olindi.  Biz uchun maktabimizda 7-sentyabr sanasi “Yoshlar ittifoqi kuni” deb elon qilinganligi tarixiy sanaga aylandi . Tashkilot faoliyatini samarali olib boorish borasida turli xil loyihalar ishlab chiqildi.