Maktab ma'muriyati     +998 (436) 224-02-01

“ISTIQBOL G`UNCHALARI” 15 YOSHDA

2018-yilning 7-aprel kuni 12-davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida viloyat o`quvchi yoshlarining ijod maydoni, yuksak minbari bo`lgan sevimli “Istiqbol g`unchalari” gazetasi tashkil etilganligining 15 yillligi tantanali nishonlandi. O`n besh yil davomida yuzlab iste’dodlarni kashf qilgan, minglab intiq qalblarga ziyo, ma’rifat nurini sochgan gazeta bugun ham o`quvchi yoshlarning eng sevimli  gazetasidir.

Bu katta va ajoyib bayramda Navoiy viloyati matbuot va axborot boshqarmasi boshlig`i Jahongir Umurzoqov, sevimli shoirimiz Odiljon Hotamov, viloyat hokimligi vakili Abdumajid  Jo`rayev, “Yoshlar ovozi” gazetasi Navoiy viloyati muxbiri Dilnoza Abduhamidova, O`zbekiston Milliy tiklanish partiyasi Navoiy viloyati kengashi xodimi Dildora Kattayeva, “Do`stlik bayrog`i” gazetasi muxbiri hamda 12-DIUM  direktori ishtirok etishdi va belgilangan nominatsiyalar bo`yicha taqdirlanganlarga sovg`alarni taqdim etishdi. O`zlarining gazeta va uning faoliyatiga oid ajoyib hamda unutilmas fikr-mulohazalarini bildirib o`tishdi.

Tadbirda viloyat bo`yicha taklif etilgan o`quvchi va o`qituvchilar ham ishtirok etishdi.

Bayram maktabimizning iste’dodli o`quvchilari tomonidan tayyorlangan juda chiroyli musiqiy chiqishlar bilan tashkil etilgani barcha tomoshabinlarda yaxshi taassurot qoldirdi, ularga ko`tarinki kayfiyat va yanada zavq bag`ishladi. Bu ajoyib onlar unutilmas lahzalarga  aylandi.