Maktab ma'muriyati     +998 (436) 224-02-01

“Men nechun sevaman O`zbekistonni”

Navoiy shahar 12-davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida buyuk adiblarimizning tug’ilgan kunlarini nishonlash, ular qoldirgan  abadiy meroslarini asrab-avaylash, ulardan bahramand bo’lish maqsadida tashkil etilgan “Atoqli adiblarning tavallud kunlariga bag’ishlangan ” ning 2-kuni O’zbekiston xalq yozuvchisi, iqtidorli va iste’dodli adib  “Abdulla Oripov kuni” tashkil qilindi.Ushbu kun adibning tavalludiga bag’ishlangan “Men nechun sevaman O’zbekistonni” nomli kitoblar ko’rgazmasi tashkil qilindi, she’rxonlik kechalari ko’tarinki kayfiyatda o’tkazildi. Unda matematika va informatika fani o’qituvchilari faol ishtirok etib, maktabning barcha o’quvchilari qatnashishini qamrab oldi.

Shu kuni ya’ni 5-aprelda turli tadbirlar, ijodiy kechalar va ochiq darslar tashkil qilindi.

Jumladan, Kamolova Dilshoda  9-“F” sinf o’quvchilari bilan Abdulla Oripov tavalludining 77 yilligiga bag’ishlangan “Men nechun sevaman O’zbekistonni” mavzusida she’riyat kechasini o’tkazdi.

Karimova Manzura  7-“D” sinf o’quvchilari bilan “She’riyat dunyosiga bir nazar” mavzusida tadbir o’tkazdi.

Egamov Sirojiddin  5-“D” sinfiga  matematika  fanidan “Sonlarning o’rta arifmetigini topishga doir misollar yechish.” mavzusida ochiq dars tashkil qilib, Abdulla Oripovning hayoti va ijodiga ham to’xtalib o’tildi. O’quvchilar shoir haqida ko’pgina ma’lumotlarga ega bo’lishdi.

Ajdodlarimizni xotirlash, ularning meroslarini va asarlarini qadrlashimiz, ulardan o’rnak olishimiz  burchimizdir.