YURAK YASHASH ZAVQI BILAN BAND

Ta’lim dargohimizda 14-aprel kuni o`quvchilardagi stress va tushkunlik holatlarini oldini olish hamda hayotning go`zalligini anglash, hayotning har lahzasi qadrli ekanligi, shukronalik tuyg`ularini kamol toptirish maqsadida  „Yurak yashash zavqi bilan band“  mavzusidagi    aksiya ko`tarinki ruhda bo`lib o`tdi.  Tadbirda maktabimizdagi barcha o`quvchilar va o`qituvchilar ishtirok etdi. Har yili an’anaviy o`tkazib kelinayotgan mazkur aksiya bu safar yangicha nom, yangicha g`oyalar bilan o`tdi. Maktabimiz psixologi Salomova Mohibonu va jonkuyar, tashabbuskor o`qituvchilarimiz barcha o`quvchilarni hayotga bo`lgan intilish va qiziqishlarini aksiyada yoritib berishga ko`maklashdi. Tadbirga viloyatdagi umumta’lim maktablaridan 70 dan ziyod amaliyotchi psixologlar ishtirok etdi. Unda 5-sinf o’quvchilari “Baxtli bolalalik” mavzusida oy, quyosh, kamalak, baxtli bolalik timsolini  tasvirlar orqali yoritib berdi. 6-sinf o`quvchilari “Sen quyoshsan, yorqin porla – insonlarni baxtga chorla” mavzusida piramidalar  taqdimoti barchada katta taassurot qoldirdi. 7-sinf o`quvchilari “Orzular osmoniga sayr ” mavzusida  geometrik jismlarda o`z fikrlarini aks ettirishdi. 8-sinf o’quvchilari  “Hayot dengiz – biz uning tomchilari” mavzusida  kemalar taqdimotini namoyish qildi. 10-sinf o`quvchilari „Shodlan, ey ko`ngil, shodlan, maqsadlar sari otlan” mavzusida shahar maketi taqdimoti tabiat tasviri bilan uyg`unlikda berildi. 9-sinf o`quvchilari “Tabiatdir – onamiz, biz uning posbonimiz“   mavzusida ekologik muammolar yuzasidan innovatsion g`oyalar  taqdimoti bilan barchani hayratlantirdi.  “YURAK  YASHASH ZAVQI BILAN BAND” mavzusida “Baxt formulasi”  taqdimoti 3 avlod o`qituvchilari ishtirok etdi. Maktabimiz psixologi Salomova Mohibonu amaliyotchi psixolog va pedagoglar uchun qiziqarli psixologik trening o`tkazdi.

 

  

Sojida Ganiyeva