Maktab ma'muriyati     +998 (436) 224-02-01

Qadriyatlar beshigi

“Kitob va mutolaa sizni qudratli ijod bulog`iga boshlaydi. Kitob va mutolaa sizni ko`pdan-ko`p yangi bosqichlarga ko`taradi”, degan edi  Oybek. Darhaqiqat, ijod olamiga biz kitoblar orqali kirib boramiz. Mamlakatimizda yosh avlodning har tomonlama barkamol, ma’naviyatli, salohiyatli, ijodkor bo`lib yetishishi ham tom ma’noda xalqimizning kitobsevarligi, ijodga tashnaligi bilan bog`liq. Prezidentimiz Sh. Mirziyoyevning katta-yu kichikni kitob mutolaasiga undayotgani, rag`batlantirayotgani xalqimizni behad quvontirmoqda. Bugun har bir ota-ona, ustoz, o`quvchi qo`lida kitob tutishni sharafli vazifa deb hisoblaydi.

          “Kitob – qadriyatlar beshigi”  shiori ostida  “Bir farzandga uch kitob aksiyasi” hamda “Maktab-kutubxona-oila-jamoat tashkilotlari” xayriya marafoni ham ayni kitobxonlar ko`nglidan joy oldi. Har yili an’anaviy o`tkazilib kelinayotgan tadbir bu yil o`zgacha tusda o`tdi. Tadbir avvalida maktabimiz direktori A.Azimov ishtirokchilarni samimiy qutladi. Kitob marafoniga bag`ishlab  boshlang`ich sinf o`quvchilari ishtirokidagi “Kitob – beminnat ustoz” badiiy dasturda kitob haqida go`zal kuy-qo`shiqlar, she’rlar, sahnaviy ko`rinishlar taqdim etildi. Xalqimizning sevimli shoiri Muhammad Yusuf tavalludiga bag`ishlab 6-”B” va 8-”B” sinf o`quvchilari ishtirokida ”Bizdan ozod va obod Vatan qoladi” – mavzusida badiiy-musiqiy dastur o`quvchilarning ijodga bo`lgan mehrini, intilishini namoyon qildi. Ota-onalar, ustozlar,  o`quvchilar hamda  homiylar tomonidan olib berilgan badiiy, ilmiy, metodik, siyosiy adabiyotlar  sevimli kutubxonamiz ko`rkiga ko`rk bag`shladi.

Sojida Ganiyeva