60 yoshing muborak, go‘zal shahrim Navoiy

Maktabda 2018 yil 21 noyabr kuni Navoiy shahrining 60 yilligi munosabati bilan “Vatan ichra vatanim Navoiy shahrim mening” rukni ostida “60 yoshing muborak – go‘zal shahrim Navoiy” mavzusida turkum tadbirlar tashkil etildi.
Jumladan maktabning barcha qavatlari va zallari Navoiy shahrining 60 yilligi aks ettiruvchi bukletlar, ijodiy ishlar, o‘quvchilarning qo‘l mehnati orqali yasalgan maketlar bilan bayramona bezatildi. Erta tongdan o‘quvchilar maktab radiosidan bayramona eshittirishlari va ingliz tilida tayyorlangan chiqishlari bilan barchani xushnud etishdi. Maktabga tashrif buyurgan mehmonlar, o‘quvchi va o‘qituvchilarni 1-sinflar o‘quvchilari ko‘tarinki ruxda ingliz tilida qo‘shiq va she’rlar aytib kutib olishdi.
Tadbir dasturining dastlabgi bosqichida 1-11 sinflarda “60 yoshing muborak, go‘zal shahrim Navoiy” mavzusida tarbiyaviy soatlar o‘tkazildi. Unda sinf rahbarlar o‘quvchilarga sanoat shahri bo‘lmish Navoiy va uning tarixi, madaniy-ma’rifiy joylari, behisob tabiiy boyliklari, xalq uchun xizmat qiluvchi inshootlari, mehnatkash va mehmondo‘st xalqi haqida tushunchalar berib o‘tishdi. O‘quvchilar shahar va uning tarixi haqida mukammal bilim, ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi. Ular dars davomida o‘zlarining she’riy na’munalari, ijodiy ishlari, chizgan rasmlari bilan ishtirok etishdi. Dars jarayoni ko‘tarinki ruxda o‘tkazildi. Maktabda tasviriy san’atga qiziquvchi iste’dodli 5-8 sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Image of Navai” mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovda 26 nafar o‘quvchi ishtirok etdi. Ishtirokchilar Navoiy shahrining diqqatga sazovor joylari, zamonaviy va ko‘p qavatli binolari, shaharning go‘zal husnu tarovatini o‘z ijodiy ishlarida ranglar jilosi bilan aks ettirishdi. Ijodiy ishlar orasidan o‘zining iste’dodi bilan boshqa ishtirokchilardan ajrali turgan 7-“D” sinf o‘quvchisi Baxtiyorov Alijon va 11-“A” sinf o‘quvchisi Akbarova Dildoralar 1-o‘rinni, 9-“I” sinf o‘quvchisi Ro‘zieva SHahina esa 2-o‘rinni egallshdi.
Bundan tashqari chorshanba kuni ingliz tilida so‘zlashuv kuni munosabati bilan 3-5 sinf o‘quvchilari o‘rtasida G.Raimova, D.O‘roqova, M.Zaynitdinovalar mas’ulligida “Navai city is named after great poet Navai. (poems and words of the poet) mavzusida, 5-“D”, 6-“D” sinf o‘quvchilari o‘rtasida N.A’zamova, SH.Muxammadievalar mas’ulligida The History of Navai (Navoiy shahrining tarixi haqida) mavzusida 10-“B”, 11-“B” sinf o‘quvchilari ishtirokida N.Turdieva, S.Komilovalar mas’ulligida The Industry of Navai (Navoiyning sanoati haqida) mavzusida tadbirlar o‘tkazildi hamda 5-“I”, 6-“I” sinf o‘quvchilari o‘rtasida H.Qodirova, F.Gaffarova mas’ulligida The education of Navai (Navoiyning ta’lim tizimi to’g’tisida) “Ingliz tili bilimdoni” tanlovi o‘tkazildi.
Maktab faollar zalida 4-sinflar ishtirokida, D.Pirmatova, D.Alievalar mas’ulligida “Navqiron shahrim Navoiy 60 yoshda” mavzusida adabiy-musiqiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir tashrif buyurgan mehmonlar, o‘quvchilar, o‘qituvchilarga ma’naviy ozuqa, ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.
Maktabning 8-9 sinf o‘quvchilari o‘rtasida A.Abloyarov, A.Toshniyozovlar mas’ulligida yoshlar ittifoqi xonasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. O‘yinda g‘olib bo‘lgan jamoa yoshlar ittifoqi etakchisi D.Aslonova tomonidan taqdirlandi.
O‘quvchilarning jismonan sog‘lom va barqamol bo‘lib shakllanishi uchun kun davomida sportning shaxmat-shashka, stol tennisi, voleybol, basketbol, quvnoq startlar kabi musobaqalar o‘tkazildi. Ularda faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag‘batlantirildi.
Bugungi tadbirlar dasturi xotimasida maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari o‘rtasida SH.Axmedova, D,Ergasheva mas’ulligida Alisher Navoiy ijodiy merosini o‘rganish tizimi bo‘yicha “Alisher Navoiy – umumbashariyat e’tirof etgan buyuk mutafakkir” mavzusida mushoira kechasi o‘tkazildi. Kechada ishtirok etgan barcha ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari Alisher Navoiyning hayoti, boy ma’naviy merosi haqida berilgan savollarga javob berishdi hamda Alisher Navoiy lirik merosi jamlanmasidan g‘azallarini ifodali yod aytib, tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishlashdi. Mushoira davomida o‘qituvchilar Navoiy shahrining 60 yilligiga bag‘ishlab, o‘z chiqishlari bilan tashrif buyurgan mehmonlarga yaxshi kayfiyat ulashishdi. Mushoira g‘olblari maktab ma’muriyati tomonidan rag‘batlantirildi.
Maktabda kun davomida o‘tkazilgan ommaviy tadbirlar, tarbiyaviy soatlar, ko‘rik tanlovlar, sport musobaqalari, intellektual o‘yinlar, ingliz tilida o‘tkazilgan tadbirlar, tayyorlangan videoroliklar namoyishining barchasida Navoiy shahrining 60 yilligini ko‘tarinki ruhda o‘tkazilayotgani namoyon bo‘ldi.