“Chinor” romani yuzasidan bahs-munozara

Kimki kitobga ko‘p boqsa, kitob uning zehnini ochadi, zavqini oshiradi, so‘zga chechan qiladi.Kitob o‘tmishdan ham, kelajakdan ham xabar beruvchidir. Kitob odob-ahloqning koni, bilimning esa bulog‘idir. SHuni hisobga olib, maktabda an’anaga aylangan “Kitob mening do‘stimsan-ilmimning o‘chog‘isan” rukni ostida 7-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Asqad Muxtorning “Chinor” romani yuzasidan bahs-munozara tashkil etildi.
O‘quvchilar quyidagi shartlar asosida bellashdilar:
Tanishtiruv sharti
Sinflar o‘zlarining sinflari shiori, maqsadi haqida tushunchalar berildi.
Savol –javob sharti
Bu shartda har bir guruhga 5 tadan savollar berilib javob olindi.
Test
Bu shartda har bir guruhga 20 tadan test topshiriqlari berildi.
Asar yuzasidan sahna ko‘rinish
Roman yaqin o‘tmish haqida ekanligi, rivoyatlar esa, pildirab uchgan yaproqlar singari engil, ular badiiy tafakkur qanotida qadim afsonalarga borib tutashganligi haqida sahna ko‘rinishini namoyish etishdi.
Asardan olgan taassurot
Bu shartda guruh a’zolari asar yuzasidan chizgan rasmlarini izohlab berdi.
1-o‘rin 7-“I” sinf – 34 ball
2-o‘rin 7-“B” sinf – 31,5 ball
3-o‘rin 7-“D” sinf -31 ball