“MA’RIFAT, ZIYOGA OSHYON GULSHANIM, IFTIXORIM O‘ZING, GO‘ZAL MAKTABIM!”

Navoiy shahar 12- davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabining 30 yillik tantanasi munosabati bilan o‘tkaziladigan TAQDIMOT marosimi oldidan “MA’RIFAT, ZIYOGA OSHYON GULSHANIM, IFTIXORIM O‘ZING, GO‘ZAL MAKTABIM!” rukni ostida o‘tkazilgan ommaviy tadbirlar.

Navoiy shaharidagi 12-davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktab joriy yilda tashkil topganini 30 yilligini nishonladi. Shu munosabat bilan ta’lim muassasamizda bu sanani ko‘tarinki ruhda nishonlash maqsadida maktabning o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirokida “MA’RIFAT, ZIYOGA OSHYON GULSHANIM,
IFTIXORIM O‘ZING, GO‘ZAL MAKTABIM!” rukni ostida hafta davomida turli xil tadbirlar tashkil etildi. Haftalikning dastlabki kuni, ya’ni 21 dekabrda 4-9 sinf o‘quvchilari o‘rtasida H.Baxtiyorova, N.Ansorova, I.Avezova mas’ulligida “Vatan yagonadir, Vatan bittadir!” mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazildi.Bunda ishtirokchi o‘quvchilar chizgan rasmlarida Vatan tuyg‘usi aks etgan manzaralar, kompozitsiyalarning tasvirlarini chizishdi. Hakamlar hay’ati eng yaxshi rasmlar chizgan o‘quvchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 7-11-sinf o‘quvchilari F.Abdumurodova N.Xolnazarova X.Bo‘ronova A.Komilova G.Nurullaeva mas’ulligida “Maktabim kecha, bugun, ertaga” mavzusida insholar tanlovi tanlovini o‘tkazishdi. O‘quvchilar maktab haqida o‘z fikrlarini ijodiy yondashib insho yozishdi.Hakamlar qatnashchilar yozgan insholardan eng mazmunli ,mavzuga mos fikrlab chiroyli husnixat bilan yozilgan insholarga o‘rin berishdi. Mening ijod mahsulim” mavzusida 2-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida SH.Fattoeva, D.Tosheva, D.Alieva B.Jalolova, D.Pirnazarova, D.Lapitova mas’ulligida she’riyatga ixlosmand o‘quvchilar ishtirokida “Mening ijod mahsulim” she’rlar tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda ishtirok etgan o‘quvchilarning yozgan she’rlari tahlil qilinib g‘olib o‘quvchilar taqdirlandi.

22-dekabr kuni ommaviy sport musobaqalari ,kitobxon o‘quvchilarning musobaqalari o‘tkazildi .4-sinf o‘quvchilari sport zalda “Quvnoq startlar “ 2-3-sinf o‘quvchilari shaxmat-shashka, 5-6-sinf o‘quvchilari engil atletika kabi sport musobaqalariga ishtirok etishdi. Har tomonlama chaqqon, sportni sevivchi o‘quvchilar jamoasi g‘olib bo‘lib, tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.Kunning ikkinchi yarmida 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Kitobim mening do‘stimsan, ilmim ning o‘chog‘isan” rukni ostida Chingiz Aytmatovning “Qiyomat” asari mutolaasi yuzasidan baxs-munozara tashkil etildi.Asarni mutolaa qilgan o‘quvchilar roman yuzasidan olgan taassurotlari asosida tengdoshlari bilan o‘rtoqlashishdi.Ular asar voqealari asosida sahna ko‘rinishlari tayyorlashib tomoshabinlarga ko‘tarinki ruh baxsh etishdi.

23-dekabrda maktabning, sobiq, bu yorug‘ dunyoni tark etgan marhum ustoz-murabbiylari xonadonlariga hozirgi vaqtda 12-maktabda faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilar N.Esanova, N.Xolnazarova,N.Xushvaqtovalar tashrif buyurishib marhum ustozlarni xotirlashdi. Ularning oila a’zolari o‘qituvchilar tashrifidan xursand bo‘lishdi. 9-A sinf, 10-D sinf o‘quvchilari sinf rahbarlari A.Toshniyozov,U.G‘ulomov hamrohligida “ Motamsaro ona haykali “poyiga gullar qo‘yishdi. 5-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida A.Ro‘ziev, R.Karimov, D.Djalilova mas’ulligida engil atletika,voleybol, shahmat-shashka, og‘ir atletika, tennis kabi sport musobaqalari o‘tkazildi. O‘quvchilar dam olish kuni bo‘lishiga qaramay sport musoqalariga faol ishtirok etishdi.

24-dekabr kuni iqtidorli va iste’dodli o‘quvchilar uchun intellektual o‘yinlar tashkil etildi. 3-4sinf o‘quvchilari o‘rtasida G.Teshaeva “Bizning faxrimiz”, 5-7-sinf o‘quvchilar o‘rtasida “Uyla, izla, top”, 9-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinlari o‘tkazildi. Maktab faollar zalida raqssan’atiga qiziquvchi iste’dodli o‘quvchilar o‘rtasida “Eng jozibali raqs” jamoaviy va yakkaxon raqs tanlovi o‘tkazildi. G‘olib o‘quvchilar hakamlar tomonidan taqdirlandi.

25-dekabrda maktabga 30 yil burun tugatgan sobiq o‘quvchlar maktabga taklif qilindi. 1990–yil bitiruvchi sinflari ,yillar davomida shu maktabda o‘qib hozir oliy ta’lim muassasalarida, jamiyatning turli bo‘g‘inlarida faoliyat ko‘rsatayotgan sobiq o‘quvchilar maktabning faxriy ustozlari bilan bilan “Ikki avlod uchrashuvi” tashkil etildi. Tashrif buyurgan sobiq o‘quvchilar maktab xotiralari bilan o‘rtoqlashishdi. Ustoz-murabbiylar bilan diydor ko‘rishishib,dildan suhbat qilishdi. 3-“D”, 4-“I”, 7- “I,” 6-“D”-sinflarda ingliz tili, matematika va musiqa fanlaridan N.Xushvaqtova, D.Pirmatova, J.Jabborov, N.A’zamovalar hamkorligida integratsiyalashgan darslar tashkil etildi. Dars jarayonlarida o‘quvchilar shu fanlar yuzasidan o‘z iqtidorlarini namoyon etishdi.

Maktabga ilk bor qadam quygan 1-sinf o‘quvchilarining savodxonlik darajasini aniqlash maqsadida “Savodxonlik” bayrami oldidan barcha 1-sinf o‘quvchilari uchun “Ochiq hisobot” darslari tashkil qilindi. Bunda 1-sinf o‘quvchilarining ota-onalari taklif qilindi. Dars davomida o‘qituvchilar interfaol usullar yordamida mashg‘ulotlarni olib borishdi. Tashrif buyurgan ota-onalar o‘z fikr- mulohazalarini bildirishdi. Maktabning tarixiga bir nazar solib 30 yil muqadddam faoliyat ko‘rsatgan ustoz-murabbiylar hamda sobiq o‘quvchilarning xotiralari bilan o‘rtoqlashish maqsadida 8-“I” o‘quvchilari ishtirokida “YOshlar ittifoqi” xonasida D.Ahmedova, D.Ergasheva mas’ulligida “Maktab tarixiga bir nazar…” mavzusida noan’ananaviy shou- dasturi tashkil qilindi. Shou-dasturda o‘quvchilar maktab tarixi aks etgan sahna ko‘rinishlari, badiiiy chiqishlar namoyish etishdi. Nafaqada ustozlar M.Bo‘ronova, N.Esanova, M.Jumaevalar ishtirok etishib, sobiq o‘quvchilari bilan kutilmagan ajoyib uchrashuv-jarayonlaridan mamnun bo‘lishdi. Ular maktabda hozirda tahsil olayotgan o‘quvchilarga maktab tarixi haqida mazmunli esda qolarli voqealarni bayon qilishdi. Dastur qiziqarli bo‘lib, barcha o‘quvchilar ma’naviy ozuqa olib, ustoz-murabbiylar o‘gitlaridan bahramand bo‘lishdi.

Faollar zalida Komilova Anora rahbarligidagi 6-“I” sinf o‘quvchilari “Qadr-qimmatim, tayanchim va iftixorim, mustaqil O‘zbekiston!” mavzusida tadbir namoyish etishdi. Tadbir davomida o‘quvchilar ijrosidagi Vatanni madh qiluvchi she’rlar, kuy-qo‘shiqlar tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘ldi. 26-dekabrda 10-11 sinf o‘quvchilariga sinf rahbarlar “Mening maktabim-mening faxrim” mavzusida maktab tarixi bo‘yicha tarbiyaviy soatlar tashkil qilishdi. O‘quvchilarga maktab tarixi haqida ma’lumotlar berildi hamda ularning “Maktab haqida uylarim”, “Maktab mening tasavvurimda” mavzulari yuzasidan ijodiy fikrlar olindi. Maktab faollar zalida F.Djunaev, B.Qobilov mas’ulligida barcha fanlardan fan olimpiadasining maktab bosqichida g‘olib bo‘lgan 9-11 sinf o‘quvchilarining taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Taqdirlash oldidan maktab direktori A.Azimov g‘olib o‘quvchilarni tabriklab, ularning keyingi bosqichlarda g‘olib bo‘lib, maktab yutug‘iga hissa qo‘shishiga undadi. O‘quvchilar ham o‘z dil so‘zlarini bayon etib, maktab sha’nini himoya qilishga hamda g‘olib bo‘lishga va’da berishdi. Barcha olimpiada g‘oliblari faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi. O‘quvchilarning huquqiy savodxonligini aniqlash, oshirish maqsadida SH.SHavkiddinov, M.Naimova, YU.Norbekova, M.Egamova mas’ulligida 8-9 sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Konstitutsiya – baxtimiz poydevori” mavzusida mushoira o‘tkazildi. Sinf jamoalari berilgan shartlar asosida bellashdi. Konstitutsiyamiz moddalari o‘quvchilar tomonidan ravon bayon etildi. Inson xaq-huquqlari aks etgan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Barcha shartlarda yuqori natija ko‘rsatgan sinf jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. G‘oliblar mas’ullar tomonidan rag‘batlantirildi.

Maktab faollar zalida maktabni tugatgan, sobiq o‘quvchilar tashrifi munosabati bilan “Ikki avlod uchrashuvi” mavzusida tadbir tashkil qilindi. Faollar zalida yig‘ilgan sobiq o‘quvchilar maktab zallari, sinf xonalari, kutubxona, sport zali, maktab hovlisini tomosha qilishdagi taassurotlari hamda o‘quvchilik davridagi iliq xotiralarni mamnun bo‘lib so‘zlashdi. Ayniqsa, ta’limning keyingi bosqichlarida tahsil olayotgan sobiq o‘quvchilardan M.Ismatullaeva, I.Kuyliev, S.Qahhorova, YU.SHamsievalarning hozirda o‘qiyotgan o‘quvchilarga aytgan iliq gaplari, tadbir ishtirokchilarida ko‘tarinki kayfiyat bahsh etdi. 11 sinf o‘quvchilari X.Sa’dullaeva, M.SHodiqulovalar ham o‘z dil so‘zlarini bayon qilishdi. Sobiq o‘quvchilarga maktab davrlarini eslatish hamda ularga yuksak hurmat ko‘rsatish maqsadida 10-“I” o‘quvchilari F.Abdumurodova rahbarligida “Asli boshlanadi sizdan tafakkur Aziz muallimlar sizga tashakkur” mavzusida badiiy-musiqiy tadbir o‘tkazishdi. Tadbir davomida o‘quvchilar ijrosidagi she’rlar, kuy-qo‘shiqlar, jozibador raqslar ishtirokchilarga xush kayfiyat baxsh etdi. 27-dekabrda 1-9-sinf o‘quvchilariga barcha sinf rahbarlar ”Mening maktabim-mening faxrim” mavzusida maktab tarixi bo‘yicha tarbiyaviy soatlar o‘tkazildi. O‘quvchilarga maktab tarixi yuzasidan, faoliyat olib borgan o‘qituvchilar haqida, hamda yutuqlarga erishgan sobiq o‘quvchilar haqida ma’lumotlar berishdi. Faollar zalida maktab 1-sinf o‘quvchilarining “Savodxonlik” bayram dasturi o‘tkazildi. Dastur davomida jajji o‘quvchilar Vatan,maktab, ustoz kabi mavzularda mazmunli ravon, ifodali she’rlar aytishdi.Jozibador raqslar ijro etishdi,ajoyib qo‘shiqlar kuylashdi.Bayramga tashrib buyurgan ota-onalar bolalarini tabriklashdi. Savodxonlik bayramida davraga kirib kelgan qorbobobo,ertak qahramonlari bolajonlar quvonchiga quvonch qo‘shishdi. 5-sinf o‘quvchilariga “Sevmay bo`ladimi, shunday Vatanni?!” mavzusida, 6-sinf o‘quvchilariga “. Bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi” mavzusida, 7-sinf o‘quvchilariga “Betakror ona tabiatni asrang va avaylang” mavzusida, 8-sinf o‘quvchilariga ”Bu muqaddas zaminda azizdir inson” mavzusida sinfdan tashqari tadbirlar festivali o‘tkazildi.Ushbu mavzularda o‘quvchilarning barchasi ifodali she’rlar, mazmunli qo‘shiqlar kuylashdi, kishi ko‘nglini maftun qiluvchi fikrlari bilan diqqatda sazovor bo‘lishdi.

1-11-sinflar o‘quvchilari orasidan o‘zining har tomonlama iqtidori,salohiyati ,iste’dodi yuksakligiga qarab sinf jamoalarigava o‘quvchilarning yrimlariga turli xil nominatsiyalar berildi. Kutubxonadan ko‘p kitob olib mutolaa qilgan o‘quvchilarga “Eng yaxshi kitobxon”, ”Eng kitobxon sinf” nominatsiyasi,har tomonlama faol iqtidorli o‘quvchilarga ”Eng faol o‘quvchi” tadbirlarda faol bo‘lgan, bilim,tartib jihatdan yuqori o‘rinda turuvchi sinf jamoasiga”Eng faol sinf” nominatsiyasi, mahallada,maktabda namunali sanalgan farzand tarbiyasida o‘rnak bo‘lishga loyiq oilalarga ”Eng ibratli oila”nominatsiyasi berildi.Tadbirlar haftaligini so‘nggi kuni 28-dekabrda erta tongda maktabda o‘zgacha fayz namoyon bo‘ldi. Maktabning sobiq direktorlari E.Zohidova, SH.Norov hamda maktabda ilgari ishlab ketgan hozirda nafaqada bo‘lgan sobiq o‘qituvchilardan A.Ergasheva, R.Hasanova, G.Qalandarova, M.Bo‘ronova , D.Jumaeva, N.Suvonova, G.Bekmurodova, K.Qaxxorova, O.Majidova, F.Hakimova, M.Bibitova, Z.Kajova, I.Zohidova, I.Yo‘ldosheva, B.Suvonova, L.Najmiddinova, R.SHaripova, Z.Hojieva kabi bir qancha ustozlar tashrif buyurishdi. Ular maktab zallarini,sinf xona, kabinetlarni ko‘rib oldingi davr bilan bog‘liq xotiralarini eslashdi.Ular maktab metodbirlashma a’zolari faoliyati aks etgan albomlarni,” Maktab kecha ,bugun, ertaga“mavzusida tayyorlangan burchakni,kitobxonlik aks etgan ko‘rgazmali chiqishlarni, 3-qavatda joylashgan Alisher Navoiy hayoti va asarlari yuzasidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlarini ko`rib iliq fikrlarini bildirishdi. Ular maktabning 30 yillik tarixi aks etgan barcha jihatlarni ko‘rib,shu dargohda ishlagan faoliyatlari haqida jo‘shib gapirishdi.so‘ngra ular maktab faollar zalida “MA’RIFAT, ZIYOGA OSHYON GULSHANIM,IFTIXORIM O‘ZING, GO‘ZAL MAKTABIM!” Mavzusida tayyorlangan badiiy–musiqiy tadbirni tomosha qilishdi. Tadbirda ustozlarni maktabni ulug‘lovchi she’r, qo‘shiqlar, jozibador raqslar mehmonlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Tadbir davomida shijoatkor, jamoat ishlarida faol bo‘lgan bir qator pedagog xodimlar turli xil nominatsiyalar hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. SHuningdek, maktab tarixida faoliyat ko‘rsatgan sobiq pedagoglar, nafaqadagi ustozlarga ham esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir so‘ngida ular maktabda tashkil qilingan bayram tadbirlari haqida o‘z iliq fikrlarini mamnuniyat bilan izhor etishdi hamda maktabning ta’lim-tarbiya ishlarida rivojlar, yutuqlar bardavomligini tilashdi.

D.Ergasheva Ona-tili adabiyt fani o’qituvchisi