“Bobur shoh va shoir”

Navoiy shahar 12- davlat  ixtisoslashtirilgan  umumta lim maktabida
14-fevral Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 536 yilligi munosabati bilan 8-“I”sinf o’quvchilari ishtirokida Bobur shoh va shoir mavzusida badiiy kecha o’tkazildi. Bunda Bobur  Mirzoning hayoti va ijod yo’llari haqidagi ma’lumotlar o’quvchilar tomonidan tinglandi. Boburning “Rayhonidur” g’azaliga  bastalangan  raqs  ijro  etildi.  Shuningdek  u  hayoti  davomida  yozgan  ruboiy  va g’azallari  o’quvchilar  tomonidan  tinglandi.


O’zbekiston  xalq  yozuvchisi  Pirimqul  Qodirovning  “Yulduzli tunlar” asaridagi   “Yangi qirg’oqlar”  qismidan  malika  Bayda  roli  o’quvcilar  tomonidan  mahorat  bilan sahna  ko’rinishi  ijro etildi. Bir umr yurt  sog’inchida  bo’lgan  Zahiriddin  Muhammad  Bobur  haqida  bir  necha shoirlarimiz yozgan she’rlari yodga olindi. Xususan  Muhammad  Yusufning “Nega  yig’lamaysan?”, “Andijon” va boshqa  she’rlari  o’quvchilar tomonidan  aytildi. Bu badiiy  kecha  o’quvchilar  qalbida Vatanga  bo’lgan  muhabbat  va Vatan qadri , ona  yurtga sadoqat, muqaddas  tuproqni  asrab  avaylash   hissini  uyg’otdi.