Navoiy ijodi

Alisher Navoiy ijodini o‘rganish bo‘yicha maktab buyrug‘i

Maktabning 2012 yil 25 sentabrdagi, 18-AF sonli BUYRUG‘I

Maktab o‘quvchilariga Alishr Navoiy merosini o‘rganish bo‘yicha qo‘yilgan talablar haqida 2012-2013 o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan maktabning 1-9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Navoiyxonlik tadbirlarining muntazam ravishda o‘tkazish tizimini yaratish, buyuk mutafakkir va shoir Alishr Navoiy hayoti va uning ijodiy merosini o‘rganish natijasida komil inson tarbiyasi g‘oyasini ta’lim-tarbiya jarayoniga izchil tadbiq etish maqsadida

B U Y U R A M A N:

1. Maktab pedagogika kengashining 2012 yil 30 avgustdagi 1-sonli qarori bilan ma’qullangan Maktab 1-9-sinf o‘quvchilariga Alisher Navoiy merosini o‘rganish bo‘yicha qo‘yilgan talablar 1-ilovaga asosan tasdiqlansin.

2. O‘quvchilarga Alisher Navoiy merosini o‘rganish bo‘yicha maktabda tashkil etiladigan ishlarni muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh quyidagi tarkibda tasdiqlansin:

Azimov A.A. ishchi guruh rahbari, maktab dirktori

Axmdova Sh. ishchi guruh mas’ul kotibi, ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilarining metod birlashma rahbari

Hojiva D. – ishchi guruh a’zosi, O‘TIBDO‘

Mamadova M. – ishchi guruh a’zosi, O‘TIBDO‘

Yarashva D. – ishchi guruh a’zosi, MMIBDO‘

Komilova A. – ishchi guruh a’zosi, ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi

Mirzava G. – ishchi guruh a’zosi, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari metodbirlashma rahbari

Ismoilova M. – ishchi guruh a’zosi, rus tili fani o‘qituvchilari metodbirlashma rahbari

A’zamova N. – ishchi guruh a’zosi, ingliz tili o‘qituvchilari metodbirlashma rahbari

Ergashva D. – ishchi guruh a’zosi, ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi

Karimova M. ishchi guruh a’zosi, ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi

3. O‘quvchilarga Alisher Navoiy merosini o‘rganish bo‘yicha maktabda tashkil etiladigan ishlarni muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh a’zolariga:

Maktab 1-9-sinf o‘quvchilariga Alisher Navoiy merosini o‘rganish bo‘yicha qo‘yilgan talablari asosida sinflar kesimida ma’lumotlarning elektron va pechatlangan variantini joriy yilning 1- noyabriga qadar tayyorlash;

Maktab 1-9-sinf o‘quvchilariga Alisher Navoiy merosini o‘rganish bo‘yicha qo‘yilgan talablari burchagini tayyorlash;

Sinf rahbarlar bilan birgalikda maktabning barcha o‘quvchilari diqqatiga Maktab 1-9-sinf o‘quvchilariga Alisher Navoiy merosini o‘rganish bo‘yicha qo‘yilgan talablarni yetkazish;

Har bir sinfda sinf rahbarlar bilan birgalikda Alisher Navoiy merosini o‘rganish daftarlarini tashkil etish va talablar asosida barcha ma’lumotlarni yozdirib borish;

Dekabr va aprel oylarida har bir sinfda Alishr Navoiy merosini o‘rganish bo‘yicha qo‘yilgan talablar asosida o‘quvchilarda shakllangan bilim, ko‘nikma va malakalari sinovdan o‘tkazilib monitoring tahlilini tayyorlash vazifalari topshirilsin.

4. Ushbu buyruq ustidan ijro nazoratini o‘z zimmamda qoldiraman.

Maktab dirktori: A.Azimov

Klishildi:

Hojiva D.

Mamadova M.

Yarashva D.

Komilova A.

Mirzava G.

Ismoilova M.

A’zamova N.

Ergasheva D.

Karimova M.

Maktabning 5-sinf o‘quvchilariga Alisher Navoiy ijodini o‘rganish bo‘yicha qo‘yilgan talablar

1. Alisher Navoiyning hayot va ijodi

2. Birinchi prezidentimiz Islom Karimovning Alisher Navoiy haqida aytgan fikrlari;

3. Alisher Navoiyning hayot va ijodining qisqacha solnomasi;

4. Alisher Navoiy yashagan davrdagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy muhit(qaysi amirlar davrida yashagani, bu davrning oilasiga va hayotiga ta’siri)dan ham boxabar bo‘lshi;

5. Navoiyning Husayn Boyqaro bilan munosabatlari;

6. Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashuvi;

7. Alisherning yigitlik yillari;

8. “Hayrat ul-abror” asari haqida ma’lumot;

9. Darslikda berilgan o‘ninchi maqolatdagi “Rost so‘z ta’rifida” qismida shoir nimalarni ilgari surgani;

10. “Sher biln durroj” hikoyati va uning mazmuni;

11. Mirkarim Osimning Alisher Navoiyga bag‘ishlangan qissasi

12. Alisher Navoiyning g`azalaridan (3ta), ruboiylaridan (3ta) yod bShoir qit’alaridan (2ta), tuyuqlaridan (2ta), fardlaridan (2ta) yod bilish;

13. Alisher Navoiyning hikmatlaridan 10-15ta yod bilish;

14. Alisher Navoiy nomi bilan ataluvchi joy nomlarini bilish;

Maktabning 6-sinf o‘quvchilariga Alisher Navoiy ijodini o‘rganish bo‘yicha qo‘yilgan talablar

1. Alisher Navoiyning hayoti va ijodi yuzasidan chuqur bilimga ega bo‘lish;

2. “Mahbub ul – qulub” – hayotiy hikmatlar majmui sifatida, “Saxovat va himmat bobida”, “Hilm zikrida”, “Safar manofili zikrida” qismlaridagi ilm – hunar, yaxshilik, insoniylik, rostgo‘ylik va yolg‘onchilik, sabr-qanoat, mehr, vafo haqidagi hikmatlarning o‘ziga xosliklari, ularning xalq maqollariga yaqinligi, ulardan farqi, bu hikmatlarning ma’naviy-axloqiy, ta’limiy, tarbiyaviy va badiiy ahamiyatini bilish , tushunib yetish;

3. Alishеr Navoiyning “O‘zbek tili” rivojiga qo‘shgan hissasini izohlay olish;

4. Alishеr Navoiy g‘azallaridan (5ta), ruboiylaridan (7ta) yod bilish;

5. Alisher Navoiy hikmatlaridan15-20 ta yod bilish;

6. Alishеr Navoiy asarlari solnomasini bilish;

7. Alishеr Navoiy asarlari, qit’alaridan yod bilish;

8. “Xamsa”chilik tarixi haqida ma’lumot bilish;

9. Alishеr Navoiy asarlarini o‘rganuvchi olimlar haqidagi ma’lumotlarni bilish;

10. Alisher Navoiyning davlat arbobi sifatida olib borgan faoliyati haqida ma’lumotga ega bo‘lish va so‘zlay olish;

11. Alisher Navoiyning tuyuqlaridan hamda fardlaridan yod bilish;

12. Alisher Navoiy she`riyati mazmunini izohlay olish;

13. Xamsa” dostoni haqida hamda uning tarkibiy qismlari haqida ma’lumotga ega bo‘lish;

14. Alisher Navoiy devonlari haqida ma`lumotga ega bo‘lishi kerak.

Maktabning 7-sinf o‘quvchilariga Alisher Navoiy ijodini o‘rganish bo‘yicha qo‘yilgan talablar

1. Alisher Navoiyning hayoti va ijodi yuzasidan bilim, ko‘nikmaga ega bo‘lish;

2. Alisher Navoiyga allomalar bergan ta’riflarni bilish:

3. Sharq adabiyotidagi Xamsachilik tarixini bilish;

4. “Sab’ai sayyor” dostoni haqida ma’lumotga ega bo‘lish;

5. “Sab’ai sayyor” dostonidagi sadoqat, mardlik tushunchalarini va yomonlik ustidan yaxshilikning g‘alabasi muqarrar ekanligini anglab yetish;

6.Alishеr Navoiy g‘azallaridan (5ta), ruboiylaridan (10ta) yod bilish;

7. Alisher Navoiy hikmatli so‘zlarining tarbiyaviy ahamiyatini anglab yetish;

8. Alisher Navoiyning adabiyotshunoslik va tilshunoslikka oid asarlarini bilish;

9. Alishеr Navoiy asarlari solnomasini bilish;

10. Alishеr Navoiy haqida yozilgan asarlar nomini bilish.

11. Alisher Navoiy o‘zbek tilining asoschisi ekanligini bilish.

12. Alisher Navoiy nomi bilan atalgan joy nomlarini bilish;

13. Alisher Navoiy saxovat bog‘ining bog‘boni ekanligini bilish;

Maktabning 8-sinf o‘quvchilariga Alisher Navoiy ijodini o‘rganish bo‘yicha qo‘yilgan talablar

1. Alisher Navoiyning hayoti va ijodi haqida bilim, ko‘nikma, malakaga ega bo‘lish;

2.Alisher Navoiyning asarlari solnomasini o‘rganish;

3. Alisher Navoiy lirikasi haqida ma’lumotga ega bo‘lish;

4. Alisher Navoiy devonlari haqida ma’lumotga ega bo‘lish;

5. G‘azal haqida nazariy ma’lumotlarni bilish;

6. Alisher Navoiyning nasriy asarlari haqida ma’lumotga ega bo‘lish;

7. Alisher Navoiy g‘azallari va qit’alaridan “Qaro ko‘zim kelu mardumlig‘ emdi fan qilg‘il”, “Qoshi yosunmu deyin …”, “Kecha kelgumdir debon …”, “Yordin ayru ko‘ngul …” g‘azallari, “Kamol et kasbkim, olam uyidin …” qit’alarini yoddan bilish;

8. “Xazoyin ul-ma’oniy” haqida qisqacha ma’lumotni bilish, Navoiy she’riyatining mazmunini tushunish. “Qaro ko‘zim kelu mardumlig‘ emdi fan qilg‘il”, “Kecha kelgumdir debon …” g‘azallaridagi majoziy va ilohiy ishqni farqlay olish, g‘azallarini yoddan bilish, tahlil eta olish.

9. O‘quvchi “Kamol et kasbkim, olam uyidin …” “Badoye ul-vasat” ning 41- qit’asining mazmun – mohiyatini anglab yetish;

10. Navoiyshunos olimlar haqida ma’lumotga ega bo‘lish;

11. Navoiy she’riyatida ko‘p uchrovchi badiiy san’atlarning ba’zilari haqida ma’lumotga ega bo‘lish.

Maktabning 9-sinf o‘quvchilariga Alisher Navoiy ijodini o‘rganish bo‘yicha qo‘yilgan talablar

1. Alisher Navoiyning hayoti va ijodi yuzasidan bilim, ko‘nikma, malakaga ega bo‘lish;

2. Alisher Navoiyning bolalik yillari haqida ma’lumotga ega bo‘lish;

3. Navoiy hayoti va ijodiga oid muhim sanalarni bilish;

4. G‘azal haqida tushuncha berish va yod olgan g‘azallarini tahlilini bilish;

5. Alishеr Navoiy “Xamsa”sidagi dostonlarning Sharq adabiyotidagi Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy “Xamsa”siga kiruvchi dostonlardan farqli tomonlarini bilish;

6. Alisher Navoiy “Xamsa”sining yozilishi, tarkibidagi dostonlarning mazmun-mohiyatini bilish;

7. “Farhod va Shirin” dostonining “Xamsa”da tutgan o‘rnini, Farhod shoir ideali tasavvuridagi inson sifatida ifodalanganligini anglab yetishi. Komillik yo‘liga kirgan inson manzillari tasviri, dostonda yaxshilik va yomonlik, razolat va adolat o‘rtasidagi ziddiyatning jonli shaxslar timsolida ko‘rsatilishini anglab yetish;

8. Asar dostonlari talqinida komil insonga xos bo‘lgan vatanparvarlik, insonparvarlik, ezgulik, sadoqat, vafodorlik, mardlik fazilatlarini o‘zida mujassamlashtirishi, kasb-hunar sirlarini egallashi orqali KOMIL INSON darajasiga еrishishga intilish;

9. Dostonlardagi ramziy obrazlar haqida bilish;

10. Alisher Navoiy haqida buyuk allomalarning ta’riflari va “Boburnoma”da shoir timsoliga berilgan tavsifni bilish;

11. Shoirning hikmatli so‘zlari, tuyuq, ruboiy va qit’larini bilishi;

12. Navoiyshunos olimlar hamda Navoiy haqida yozilgan asarlarni tahlilini bilish;

13. Alisher Navoiyning devonlari va forsiy asarlari haqida ma’lumotga ega bo‘lish;

14. Navoiyning tilshunoslik, tarix va iqtisodga oid asarlarini bilish;

15. Navoiyning tilshunoslikka oid asarlarini bilish.

Maktabning 10-sinf o‘quvchilariga Alisher Navoiy ijodini o‘rganish bo‘yicha qo‘yilgan talablar

Maktabning 10-sinf o`quvchilariga Alisher Navoiy ijodiy merosini o`rganish bo`yicha qo`yilgan talablar:

Alisher Navoiyning hayoti va ijodi yuzasidan bilim, ko`nikma, malakaga ega bo`lish;

Alisher Navoiy haqida uning zamondoshlarini fikrlarini bilish;

Alisher Navoiyning ilmiy merosi haqida tushunchaga ega bo`lishi va bilish ;

Gazal haqida ma`lumot berish va yod olgan g`zallarini tahlilini bilish;

Alisher Navoiyning qit`alari haqida tushunchaga ega bo`lish,qit`alari tahlilini bilish;

Alisher Navoiy ruboiylari haqida ma`lumotga ega bo`lish va tahlilini bilish;

Alisher Navoiyning hikmatlari tahlilini o`qib-o`rganish;

Alisher Navoiy orzu qilgan komil inson darajasiga erishishga intilish;

Alisher Navoiyning mahorat qirralarini o`rganish, zabardast so`z san`atkorining ijodiy merosidan bahramand bo`lish;

Navoiyshunos olimlar hamda Navoiy haqida yozilgan asarlarni tahlilini buyuk allomalarning fikrlarini bilish va o`rganish;

Alisher Navoiyning adabiyotshunoslikka oid asarlarini o`rganish;

Alisher Navoiyning fors tilida yozgan asarlarini o`rganish;

Alisher Navoiyning barcha devonlari haqida ma`lumotga ega bo`lish;

Alisher Navoiyning tilshunoslikka oid asarlarini mazmun- mohiyatini o`rganish;

Alisher Navoiy asarlarining tarbiyaviy ahamiyatini o`rganish;

Alisher Navoiyning tarix va iqtisodga oid asarlarini bilish va

o`rganish;

Maktabning 11-sinf o‘quvchilariga Alisher Navoiy ijodini o‘rganish bo‘yicha qo‘yilgan talablar

1. Alisher Navoiy hayoti va ijodi

2. Alisher Navoiy haqida uning zamondoshlari fikri

3. Alisher Navoiyning ilmiy me’rosi

4. G‘azalxonlik (amaliy mashg‘ulot)

5. Alisher Navoiyning qit’alari haqida

6. Alisher Navoiy ruboiylari

7. Asrlarni bo‘yagan hikmatlar

8. Komil inson orzusi

9. Alisher Navoiyning mahorat qirralari

10. Alisher Navoiy sermahsul va zabardast so‘z san’atkorlari

11. Alisher Navoiy haqida buyuk allomalarning ta’riflari

12. Alisher Navoiyning adabiyotshunoslikka va tilshunoslikka oid asarlarini bilish

13. Alisher Navoiy o‘zbek tilining asoschisi

14. Alisher Navoiy devonlari haqida ma’lumot

15. Navoiyning tilshunoslikka oid asarlari

16. Alisher Navoiy asarlarining tarbiyaviy ahamiyati

17. Navoiyning tarix va iqtisodga oid asarlari tahlili