Maktab ma'muriyati     +998 (436) 224-02-01

2014-2015 o’quv yili

Navoiy shahar 12-Davlat ixtisoslashtirilgan umumta`lim maktabida

2014-2015 oquv yilida erishilgan natijalar togrisida

HISOBOTI

Maktabda 2014-2015 oquv yili davomida koplab yonalishlar boyicha yutuqlarga erishilib, oquvchilar bilim samaradoligini oshirish hisobidan yuqori natijalarga erishib kelinmoqda.

Jumladan, maktabda ta`lim-tarbiya sohasida erishilgan yutuqlar haqida toxtaladigan bolsak, avvalambor maktabda tashkil etilgan fan togaraklari, qoshimcha darslar samarasi sifatida yildan-yilga oquvchilarning bilim samaradorligi oshib borayotganligini alohida ta`kidlab otish lozim.

Tahlillarga e`tibor qaratadigan bolsak, 2012-2013 oquv yilida viloyat xalq ta`limi boshqarmasi tomonidan otkazilgan tashqi monitoring natijalari maktabda ortacha 58,4%ni tashkil etgan bolsa, 2014-2015 oquv yilida 69,6%ga (10,8% oshgan) ga kotarilgan.

Shuningdek, ta`lim sifati monitoringi boyicha otkazilgan bilimlar bellashuvining shahar bosqichida maktab jamoasi ortacha 89,2 ball (2013 yilga nisbatan +5 ball osgan) toplab shahar reytingida 3-orinni egalladi. Bilimlar bellashuvidan ishtirok etgan 42 nafar oquvchilarning 32 nafari faxrli orinlarni, shundan 10 nafari 1-orinni, 13 nafari 2-orinni, 9 nafari 3-orinni egalladi.

Maktab oquvchilaridan 6-sinf oquvchisi Muhammadali Ochilov igliz tili fanidan, 7-sinf oquvchisi Xurshida Saydullayeva matematika fanidan, 7-sinf oquvchisi Navbahor Fayzanova ona tili fanidan, 8-sinf oquvchisi Anvar Yusupov huquq fanidan, 7-sinf oquvchisi Alisher Xojamov biologiya fanidan, 7-sinf oquvchisi Shexzod Nurliyev fizika fanidan, 5-sinf oquvchilari Nigina Qurbonova va Madina Bobonazarova, 6-sinf oquvchisi Sarvinoz Sheralieva, 7-sinf oquvchisi Zebo Qurbonovalar rus tili fanidan bilimlar bellashuvining shahar bosqichida golib bolib, viloyat bosqichida ishtirok etish uchun tayyorgarlik kormoqda. Maktabda bilimlar bellashuvining shahar bosqichida ishtirok etgan oquvchilarni ragbatlantirish, ularning dunyoqarashlarini yanada kengaytirish maqsadida joriy yilning 26 aprel` kuni maktab hisobidan Samarqand shahariga sayohat tashkil qilindi.

Maktabda fan oqituvchilari ham oz ijodiy imkoniyatlarini namoyish etib, shahar, viloyat, Respublika miqyosida otkazilayotgan korik-tanlovlarda yuqori natijalarga erishib kelmoqda.

Maktabning informatika fani oqituvchisi J.Jabborov Eng yaxshi elektron axborot ta`limi resurslari korik-tanlovining shahar bosqichida 1-orinni, viloyat bosqichida 3-orinni egalladi.

Shuningdek, maktabning matematika fani oqituvchisi Q.Toxtayev Yilning eng yaxshi fan oqituvchisi korik-tanlovining Respublika bosqichida faol ishtirok etib, Xalq ta`limi vazirligining faxriy yorligi bilan taqdirlandi.

Maktab oqituvchilaridan 5 nafarning ilgor pedagogik tajribalari viloyat miqyosida ommalashtirildi. O`quv yili davomida 3 ta viloyat miqyosidagi oquv-amaliy seminarlari tashkil etilib, fan oqituvchilarning ijodiy imkoniyatlari korsatib berildi.

Maktab jamoasi oquv yili davomida oquvchilarni ma`nan yuksaltirishga, ularning siyosiy ongini oshirishga qaratilgan barcha korik-tanlovlarda ham faol ishtirok etib, faxrli orinlarni egalladi.

Jumladan, maktab oquvchilari Huquq bilimdonlari korik-tanlovining shahar bosaqichida 1-orinni, viloyat bosqichida 3-orinni;

Kamalak bilimdonlari korik – tanlovining shahar bosqichida 2-orinni;

Maktabning 9-I sinf oquvchisi Barchinoy Mirxodjayeva Prezident asarlarini organamiz Respublika korik tanlovining shahar bosqichida 2-orinni;

Yuksak ma`naviyatli avlod Respublika korik-tanlovining shahar bosqichida 8-A sinf oquvchisi Ozoda Roziqulova 1-orinni, 7-I sinf oquvchisi Akbarova Dildora 2-orinni, 6-I sinf oquvchisi Shahlo Salimova 3-orinni qolga kiritdi.

Bundan tashqari, oquv yili davomida maktabda oquvchilarni Navruz umumxalq bayrami, Hayotdan zaqlanaman akciyasi, Sohibqiron vorislari kabi bir qator ommaviy tadbilar tashkil etilib, oquvchilarning iqtidor va iste`dodlarini namoyon etishlari uchun sharit yaratib berildi.

Maktabda fanlarni chuqurlashtirib oqitish bilan bir qatorda bolalar sportini rivojlantirishga ham alohida e`tibor qaratilgan.

Maktabning 1-E sinf oquvchisi Zumrad Abduraimova sportning badiiy gimnastika turi boyicha Respublika va Xalqaro sport musobaqalarida (Qozogiston Respublikasi) faol ishtirok etib, faxrli orinlarni egallab kelmoqda. Maktabning 2-I sinf oquvchisi Shaxrizoda Razoqova esa Toshkent shahrida otkazilgan Golubiue Kupola xalqaro turinirida 2-orinni, Buxoro viloyatida otkazilgan Super kichkintoy badiiy gimnastika musobaqasida 1-orinni egalladi.

Maktabning 2- sinf oquvchisi Sardor Yozilov sportning taikvando turi boyicha Toshkent shahrida otkazilgan sport musobaqasida faxrli 1-orinni egalladi. Maktabning 6-A sinf oquvchisi Rustam Nabiyev sportning Qol jangi turi boyicha viloyat birinchiligida 1-orinni, Fargona viloyatida otkazilgan Respublika chempionatida 2-orinni egalladi.

Maktabning 9-B sinf oquvchisi Abduraxmon Turdiev sportning kurash turi boyicha Jizzax viloyatida bolib otgan Respublika sport musobaqasida faxrli 3-orinni egalladi.

Maktabning 9-B sinf oquvchisi Shaxzod Nasullayev bolalar musiqa va san`at maktablari ortasida otkazilgan M.Qori-Yoqubov nomidagi tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etib, Doira yonalishi boyicha faxrli 1-orinni egalladi.

Maktab direktori: A.Azimov