Maktab ma'muriyati     +998 (436) 224-02-01

Alisher Navoiy ijodiga oid talablari

Navoiy shahar 12- davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi Boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun

Alisher Navoiy ijodiga oid talablar:

1-sinf :

– Alisher Navoiyning kimligini bilish.

– Alisher Navoiyning hikmatli so`zlaridan 2-3 ta yod bilish.

2-sinf:

– Alisher Navoiyning kim ekanligini, tug`ilgan sanasini bilish ;

– Alisher Navoiyning yoshligi aks ettirilgan kichik hikoyalarni bilish.

– Alisher Navoiyning hikmatli so`zlaridan 3-4 ta yod bilish.

3-sinf:

– Alisher Navoiy qachon va qayerda tug`ilganini bilish.

– Alisher Navoiy bolaligida qanday bola bo`lganligini bilish.

– Alisher Navoiyning do`sti kim ekanligini bilish.

– Alisher Navoiyning hikmatli so`zlarini bilish.

4-sinf:

– Alisher Navoiy qachon va qayerda tug`ilganini bilish

– Alisher Navoiyning bolaligi haqidagi rivoyatlardan bilish

– Alisher Navoiyning hikmatli so`zlarini bilish.

– Navoiy ruboyilaridan 2 ta yod bilish

– Prezidentimizning Yuksak manaviyat yengilmas kuch asarida Alisher Navoiyga berilgan tarifini bilish.

Navoiy shahar 12- davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi yuqori sinf o`quvchilari uchun

Alisher Navoiy ijodiga oid talablar:

5-sinf :Alisher Navoiy hayoti va ijodi haqida malumot. Hayrat ul- abror buyuk shoirning Xamsa asarining birinchi dostoni ekanligi.Dostonda chin va yolgon sozning solishtirishi. Togrilikning qanchalar azob bilan bolsa-da, golib kelishi, yolgon va egrilikning oxir-oqibat yengilish Sher bilan Durroj qismati misolida aks ettirilgani.

Sher bilan Durroj asari matnining o`quvchilar tomonidan o`qishini taminlash.

Dostonning o`ninchi maqolotidan olingan hikoyatlarning ramziy manosi. Asli inson manaviy qiyofasini aks ettiruvchi hikoyatlarning badiiy va ahloqiy hususiyatlari. Komil insonga xos bo`lgan ezgu so`z sohibi bo`lishga o`rgatish va to`g`ri so`zlikni ular ongi va tafakkurida aks ettirish.

6-sinf:Navoiy hikmatli so`zlarining mazmun-mohiyati, umriboqiyligi Mahbub ul qulub hayotiy hikmatlar majmuyi sifatida. Sahovat va himmat bobida, Hilm zikrida, Safar manofii zikrida qismlaridagi ilm va hunar, yaxshilik, insoniylik, rostgo`ylik va yolg`onchilik, sabr va qanoat, mehr, vafo, insoniylik haqidagi hikmatlarning o`ziga xosliklari, ularning xalq maqollariga yaqinligi, ulardan farqi. bu hikmatlarning manaviy-ahloqiy, talimiy, tarbiyaviy va badiiy ahamiyati. Hikmatlarda hayotiy hodisalarning qisqa, ixcham, lo`nda va tasirchan ifodalangani, hikmatlarning qurilishi, ulardagi badiiy tasiriy vositalari. Nazariy malumot, hikmatli so`z haqida. Asardagi ahloqiy o`gitlar, tavoze va obod to`g`risidagi rivoyatlar, yaxshi-yomon insoniy hikmatlar va ularning qanday oqibatlarga olib kelishini bilish. Komillikka xos bo`lgan ezgu amal yaxshi ishlarni amalga oshirish tushunchalarini singdirish.

7-sinf: Alisher Navoiy Xamsa si va Sharq adabiyotida xamsachilik. Hayrat ul-abror shoirning olam va odam haqidagi fikrlari. Salotun bobida asarida podshohlar haqida Shoh Goziyhikoyati.

Yuksak insoniy fikrning badiiy libosda berilishi va odam va olam haqidagi fikrlarni badiiy ifodasi.

Sabai sayyor dostonida 5-iqlim yo`lida kelgan musofirning Mehr va Suhayl hikoyadagi sadoqat, mardlik, tantilik kabi insoniy tuyg`ular ifodasi. Obrazlar talqini. Asarda o`rganilgan malumotlar asosida o`quvchilar ongiga komil insonga xos bo`lgan ezgu fikr xususiyatlarini ular tarbiyasida kamol toptirish.

8-sinf:Alisher Navoiy g`azallari va qitalari. Qaro ko`zim kelu mardumlig` emdi fan qilg`il, Qoshi yosunmu deyin, Kecha kelgumdir debon , Yo`rdin ayru ko`ngul g`azallari, Kamol et kasbkim, olam uyidin qitalari.

Navoiy g`azal mulkining sultoni ekanligi. Xazoyin ul-maoniy haqida qisqacha malumot. Navoiy sheriyatining mavzu qamrovi va badiiyati. Qaro ko`zim kelu mardumlig` emdi fan qilg`il, Kecha kelgumdir debon g`azallarida majoziy va ilohiy ishq talqini. Jonga chin derman g`azali tahlili.

Navoiy g`azallarida shoir badiiy dahosining namoyon bo`lishi, buning shoir mahorati bilan aloqadorligi. Navoiy va o`zbek g`azalchiligining keyingi taraqqiyoti. Kamol et kasbkim, olam uyidin , Jahon ganjig`a shoh erur ajdaho, qitalari. Ularning g`oyaviy-badiiy mazmuni va mohiyati. Qitalarning tuzilishi, tarkibi, tasviriy hususiyatlari.

Navoiy g`azallaridan kutilmagan timsol, yorqin tashbihlar, kuchli samimiyat, asl insoniy tuyg`ularning ufurib turushi. Navoiy g`azaliyoti jozibasini taminlaydigan omillar. Nazariy malumot. G`azal haqida. G`azallarda aks etgan komil insonga xos vatanparvarlik hususiyatlarini o`quvchilarda shakillantirish.

9-sinf:Navoiy ijodi o`zbek mumtoz adabiyotining eng yuksak bosqichi. Shoirning hayoti va ijodi. Boburnomada Alisher Navoiy timsoli.

Xamsa o`zbek epik sheriyatining betimsol namunasi. Xamsaning yozilishi.Sharq adabiuotida xamsachilik Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy Xamsalari haqida malumot.Xamsachilik mahorat maydoni sifatida. Turkiy tilida Xamsa yozish badiiy va milliy jasorat namunasi bolganligi. Xamsaning qurilishi.

Xamsa poetikasi, qurilishi .Uning tarkibidagi dostonlarning badiiy estetik xususiyatlari.

Farhod va Shirindostoning Xamsada tutgan orni. Dostonning badiiy xususiyatlari. Farhod shoir ideali tajassumi sifatida . Komillik yo`liga kirgan inson manzillari tasviri. Sirin obrazi. Unda tirk ayollariga xos eng baland manaviy fazilatlar tahlili. Dostondagi boshqa obrazlar. Dostonda yaxshilik va yomonlik, razolat va adolat, butunlik va noqislik o`rtasidagi ziddiyatning jonli shaxslar timsolida ko`rsatilishi. Nazariy malumot. Adabiyotda komil inson tasviri.

Asar dostonlari talqinida komil insonga xos bo`lgan xislatlardan insoniylikni o`quvchilar tarbiyasiga singdirish. Umumiy qilib olganda o`quvchilarning KOMIL INSON darajasiga yetkazish.