Maktab ma'muriyati     +998 (436) 224-02-01

Ota-onalarga

O‘quvchilarning yozgi ta’til davrini maroqli o‘tkazish bo‘yicha ota-onalarga  tavsiyalar

        Hech qiziqib ko‘rganmisiz, nima uchun o‘quvchilarga aynan yozda ta’til beriladi? O‘sib kelayotgan yosh avlodni jismonan baquvvat, sog‘lom va barkamol etib tarbiyalashda yozgi dam olishning o‘rni beqiyos. Bola to‘qqiz oy davomida o‘z bilim salohiyati ustida ishlab aqlan toliqqanini hisobga olib, ham ma’nan, ham jismonan  dam olishi uchun mamlakatimizda yozgi dam olish oromgohlari, sihatgohlari, bolalar ijodiyot uylari, musiqa va san’at maktablari, sport seksiyalari tashkil etilgan. Bolalar  bo‘sh vaqtlarini mazmunlli o‘tkazish uchun shunday maskanlarda ko‘proq bo‘lishlarini tavsiya etamiz.

Bolani milliy ruhda tarbiyalash uchun qadimiy obidalar, tarixiy shaharlar, muqaddas ziyoratgohlarga yaqinlari bilan sayohat qilishi, unda Vatanga ajdodlariga millatga bo‘lgan, muhabbatini kuchaytiradi.

“Qarisi bor uyning parisi bor” deganlarnidek, farzandlarimizni bobo va buvilari bag‘rida, ularning mehr va g‘amxo‘rligini his qilib pand-nasihatlarini tinglab, ular bag‘rida  ko‘proq bo‘lishlariga zamin yaratishga harakat qilishimiz kerak.

Bolaning bilim salohiyatini, dunyoqarashini, fikrlashini yanada boyitish maqsadida  ularga zarur shart-sharoitlar yaratib berishi lozim.

O‘quvchilar yozgi ta’tilda bo‘sh vaqtlarida turli to‘garaklarga qatnashsa, bola bilimdon, ilg‘or va harakatchan bo‘ladi, faolligi ortadi.

Bunday o‘quvchilar dars jarayoniga qaytganda, dangasaligi, darsga beparvoligi, tartibsizligi bilan o‘qituvchini chalg‘itmasdan, aksincha, o‘rgangan sari yanada ko‘proq narsani bilgisi keladi. Natijada ustoziga nisbatan sezib-sezmagan holda talabchanlik qiladi va o‘z ustida yanada ko‘proq ishlashga ham majbur etadi.

Hamma ham oilada kamol topadi.Esimizni taniganimizdan beri nimagaki erishgan bo‘lsak, barisi oila bag‘rida ro‘yyobga chiqqan.Aqlu tafakkurda yuksakligu ma’naviy va jismoniy jihatdan etuklikka erishishda shu muqaddas dargoh poydevor. Demak, oiladagi  hayot bu- tarbiya.Xohlaymizmi-yo‘qmi bu dargohda olingan andozalar bizning borligimiz.

 

Darsliklarning ijara narxlari

         2014/2015 o‘quv yilida umumta’lim maktablarini darsliklar bilan ta`minlash ijara tizimiga kiritilgan darsliklar ijara to‘plamiga belgilangan yagona ijara to‘lov miqdori:

      Ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan maktablar uchun darsliklar ijara to`plamiga belgilangan yagona ijara to`lov miqdori;

2014/2015 o‘quv yilida umumta’lim maktablarini darsliklar bilan ta’minlash ijara tizimiga kiritilgan maktablar uchun darsliklar ijara to‘plamiga belgilangan yagona ijara to‘lov miqdori umumiy arxivda yuklash

manba: www.xtv.uz