Maktab ma'muriyati     +998 (436) 224-02-01

Tavsiyalar

Mavzu: Ta’lim jarayonida yozma savodxonlikni oshirishning asosiy omillari

Mustaqil O`zbekistonning ravnaqi uchun olib borilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy-ma`naviy sohalardagi keng ko`lamli ishlar, O`zbekiston Respublikasining «Ta`lim to`g`risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ta’limning barcha bo`g`inlarida ona tili o`qitishni ham tashkiliy, ham mazmuniy jihatdan qayta ko`rib chiqishni taqozo etadi.

 Maktab ta’limida ona tili eng asosiy va yetakchi o`quv fanlaridan biridir. O`quvchilarni ona tili darslarida mustaqil ijodiy fikrlashga o`rgatish, ular ongida ma`naviy-ma`rifiy tushunchalar hosil qilishda yozma savodxonlikni oshirish alohida ahamiyatga egadir. Shuning uchun yangi dastur va darsliklarda grammatik qoidalarni yodlatishdan voz kechish, ijodiy tafakkur tarzini shakllantirish, dars va mashg`ulotlarni o`quvchilarning nutqiy malakasini yuzaga keltirishga qaratish bosh maqsad qilib olindi.

Til o`qitishda til va nutq hodisalarining farqiga yetmaslik ko`pgina chalkashliklarni keltirib chiqarmoqda. Til va nutq tushunchalarini bir-biridan ilmiy asosda farqlash uni o`qitish  uchun katta ahamiyat kasb etadi. Chunki til birliklarining grammatik belgilarini, birikuvini va vazifasini bilishning o`zi mazkur tildagi nutqni egallash uchun yetarli emas. Asosiy maqsad tilning grammatik qurilishi asosida nutq faoliyatini egallash bo`lganligi sababli, mashg`ulot materiallarini tanlash, darslarni tashkil etish ishlari o`quvchining yozma nutqini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilishi lozim. Shuning uchun til ma`ruza orqali emas, balki nutq ko`rinishlarini tahlil qilish, so`z birikmasi va gap modellarni o`zlashtirish, esda saqlash orqali o`rganiladi.

Hozirgi dolzarb masalalardan biri o`zbek tilining kasb-hunar, ilm-fan va texnika tili sifatidagi lisoniy asosini kengaytirish, atamalarini boyitishdir. Uzoq yillar bu soha chetda qolib ketdi. Keyingi yillarda bu sohada burilish yuz berdi: tilimizning kasb-hunar va ilmiy-texnika tili va atamalarida katta o`zgarishlar sodir bo`ldi. Abadiy tilimizdagi mazkur yangilik va o`zgarishlarning asoslarini o`quvchi to`g`ri anglashini maqsad qilib, unda dastur va darsliklarda alohida o`rinlar ajratildi.

Ona tili darslarida uzundan-uzoq, murakkab grammatik qoidalarni,  adabiyot darslarida ijodkor hayotidagi  sana va voqealarini yodlashga majbur qilmasdan, balki ona tilida sof so`zlash, o`z fikrini to`g`ri ifodalay olish, ijodkorning san`atidan lazzatlanish, so`zdan zavqlanish ruhida ta’lim bermoq kerak.

Payg’ambarimiz Muhammad s.a.v  o’z hadisi shariflarining birida «o’qishni yozish bilan birga olib boringlar», deb yozma savodxonlikni oshirishga da’vat etadilar. Shunday ekan, o’zlashtirilgan bilimning  samarali bo`lishi ko`p jihatdan yozma savodxonlikka bog`liq. Masalan, badiiy asarning tilini tahlil etish davomida ba`zi grammatik shakllarning uslubiy ahamiyati, sinonimlarning nutqda tutgan o`rni va  tilning turli ifoda vositalari bilan tanishib boradilar. Badiiy asar tili bo`yicha muayyan bir izchillikda olib borilayotgan ishlar o`quvchilarning so`z boyligini oshiradi va nutqini o`stiradi. Adabiy asarning tasviriy vositalari bo`yicha o`quvchilar so`z haqida, uning turli nutq uslubidagi o`rni haqida kengroq tushunchaga ega bo`lib boradilar. Xilma-xil ifoda jilolari tilning estetik ta`siri va ahamiyatini chuqurroq anglashga yordam beradi. Ona tili o`rta maktabda o`rganilayotgan barcha fanlarni puxta o`zlashtirish uchun muhim «kalit» sanaladi. Til vositasida o`quvchi  boshqa fanlarni o`rganadi. Barcha fanlar yuzasidan fikrni yozma va og`zaki ravishda bayon qilish orqali u o`z ona tilini ham mukammal o`rganib boradi.

Ona tili maktab ta’limi tizimida eng yetakchi fanlardan biri bo`lib, jamiyat a`zolarini ijodiy fikrlashga, fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og`zaki va yozma shakllarda bayon qilishga o`rgatadi.

Uzoq tarixga ega bo`lgan o`zbek xalqi ijtimoiy-siyosiy va g`oyaviy to`siqlarga qaramay, O`rta Osiyodagi boshqa xalqlar kabi ilg`or fikr egalarini, dunyoga mashhur buyuk olim, shoir va san`at ahllarini yetkazdi, insoniyatga ilm-fan, madaniyat va adabiyot sohasida o`lmas yodgorliklar taqdim etdi.

Abu Nasr Farobiy, Mahmud Qoshg`ariy, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Zamaxshariy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Munis Xorazmiy kabi olim va shoirlar o`z asarlarida o`sha davr maktablaridagi ta’lim-tarbiya, ilmiy va badiiy asarlarni o`qish va o`rganish haqida fikrlar bildirib, dunyo tamadduni rivojiga ta`sir ko`rsatdilar.

Ulug` shoir va mutafakkir Alisher Navoiy yoshlarning asar matnini ifodali o`qish san`atini egallashlariga diqqatni tortdi. U o`zining «Lisonut-tayr» asarida asar mazmunini tushunib o`qish usulini egallashga chaqirdi. «Mahbub ul-  qulub» asarida «Xushnafis kotib so`zga oroyish berur va so`zlaguvchiga osoyish yetkarur» deb chiroyli yozishning va yozma savodxonlikning  barchaga «osoyish» berishini ta`kidlaydi. Alisher Navoiyning «Muhokamatul-lug`atayn» asari talaffuz va imlo, so`z qudrati va nutq madaniyati, so`z ma’nolaridan to`g`ri foydalanish, nutqni to`g`ri tuzish kabi masalalarning ilmiy sharhini beruvchi muhim manba hisoblanadi.

Zahiriddin Muhammad Bobur o`z asarlarini sodda tilda yozdi va boshqalarni ham shunga chaqirdi. O`g`li Humoyunning dabdabali usulda yozilgan bir xatini tanqid qilib, «Boburnoma» asarida «Mundin nari betakalluf va ravshan va pok alfoz bila biti, ham senga tashvish ozroq bo`lur, ham o`qituvchiga», deb yozadi. Demak, Bobur o’z zamondoshlarini tushunarli tilda yozishga, qiyin so`zlar va balandparvoz so`zlarni ishlatmaslikka da`vat etgan.

Munis Xorazmiyning «Savodi ta’lim» asari nazm yo’lida  yozilgan pedagogik asar bo`lib, unda chiroyli xat yozish usullari o`rgatiladi. Asarning birinchi qismida xat mashq qilishga tayyorgarlik va bu ish uchun kerakli asboblar to`g`risida so`z yuritiladi. Ikkinchi qismida esa, xat mashqi va uning usullari haqida amaliy yo`l bilan ta’lim beriladi. Asarda kishilik jamiyatida yozuvning katta ahamiyatga ega ekanligi qayd etiladi.

Ta’lim jarayonida ajdodlar merosidan oqilona foydalanish orqali yozma savodxonlikni oshirish asosiy omillardan biri hisoblanadi.

___________________________________________________________________________________________

FARZAND TARBIYASIDA VA BILIM OLISHIDA OTA-ONANING ROLI

Oila farzandning dastlabki tarbiya maktabidir. Shuni nazarda tutganda oilaning ikki sarkori — ota bilan onaning ma’naviy-ruhiy odobi, o’zlarining namunali xulq-atvorlari, yaxshi tarbiya ko’rganliklari, bolalarga tarbiya berishdagi tajriba va mahoratlari, qunt-sabotlari, sezgirlik va talabchanliklari bolalarni yoshlikdanoq boadab bo’lib o’sishida aks ettiruvchi ko’zgudek muhim o’rin tutadi. Bunda odamlarning: “Siz kimning farzandisiz?” deb so’rashlarida, u inson qanday tarbiya ko’rganligini bilish maqsadi yotadi.

Xalqimizda „Qush uyasida ko’rganini qiladi”. „Bolani yoshdan, niholni boshdan asra”, „Erkalasa onasi, taltayadi bolasi”, „Bola aziz – odobi undan aziz” kabi naqllar borki, ularning mag`zini chaqadigan bo’lsak, farzandlarning qay tariqa tarbiya ko`rib, o’sib, voyaga yetishi, fe’l-atvorining qanday bo’lib shakllanishi, birinchi galda ota-onaning farzandlarini qanday usul bilan tarbiyalashiga, o’zlarini qanday tutishiga, ibrat ko’rsatishiga, ijobiy yo salbiy ta’sir etishiga bevosita bog’liqdir, degan ma’no-maqsad kelib chiqadi.

Ota-ona bolaga yoshligidan hayotda yashash nima ekanini. mashaqqat chekmay, bir burda non topib bo’lmasligini, biror kasb-hunar egasi bo’lmasa, hayotda ko’p qiyinchiliklar ko’rishini uqtirmas ekan, bola voyaga yetgan sari yurar yo’lini bilmay qoqiladi, garangsib, nima yumush qilishini bilmay, bekor qoladi. bekorchilikdan esa bemazagarchiliklar kelib chiqadi, xunuk ishlarga qo’l uradi, odobi, tarbiyasi buziladi. Shuning uchun ham ota-ona bolani kichikligidanoq axloq-odobga o’rgatishi, ilm-hunarli qilishi, dastyorchilikda ko’zini pishitib borishi ham qarz, ham farzdir.

Har bir oilada bolaga tarbiya berishning o’ziga xos va mos bir qator muhim qonun-qoidalari borki, unga qat’iy amal qilish tarbiya ishining samarali bo’lishini ta’minlaydi. Shuni ham aytib o’tish lozimki, bu qonun-qoidalarni nisbiy ravishda umumiy deyish mum-kin, chunki har bir bola — bir olam, ular har birining o’ziga xos shaxsiyati, ahamiyati, ruhiyati va xulq-atvori bor, shu bois shunga qarab muomala qilish darkor. Shuning uchun tarbiyada ota-onaning mas’uliyati, mahorati, ziyrakligi, obro’-e’tibori muhimdir. Ota-ona qat’iy ravishda bola tarbiyasini maktabgacha tarbiya muassasalari, maktab va jamoatchilik bilan hamkorlikda olib borishi, hamma bolalarini teng ko’rishi, ularga nisbatan adolatli munosabatda bo’lishi, bolaning yoshi, o’sish va rivojlanish xususiyatlarini hisobga olishi va ayni paytda bola shaxsini hurmat qilishi, unga nisbatan talabchan bo’lishi nuihimdirki, bu yo’1-yo’riqlar, qonun-qoidalar oilada tabiiy ravishda, miintazam qo’Hansa, juda yaxshi natijaiar beradi, albatta. Shuningdek, bolalarda chiroyli xulq-atvor ko’nikmasini, malakalarini tarbiyalashning o’ziga xos ko’pgina usul va vositalari borki, ota-ona kundalik hayotda ularni yaxshi bilishi, bevosita har qaysisidan o’z o’rnida, me’yorida, maqsadga muvofiq foydalanishi g’oyat zarur. Bular jumlasiga: ibrat — namuna usuli, yaxshi xulq-atvorga o’rgatish, yaxshilikka odatlantirish, o’rni kelganda nasihat qilish, qat’iy tanbeh berish, bola bilan vaqtincha gaplashmaslik, ularga nisbatan munosabatni o’zgartirish, ishon-tirish, jamoatchilikning ta’siri, rag’bailantirish va qoralash kabi vositalar shunday uslublar hisoblanadi. Har bir ota-ona bola tarbiyasining ijobiy yoki salbiy tomonga o’zgarishiga e’tibor berib, bu kabi nazariy hamda amaliy qonun-qoidalarni o’zlashtirib, unga amal qilsa, ayni muddao bo’ladi. Negaki, oilada bola tarbiyasi g’oyat nozik va murakkab masala bo’lib, bu ota-onadan katta odob bilimini, katta tarbiyachilik mahoratini talab qiladi.

Maqsad aniqligi tarbiyaning asosidir, to’g’rirog’i, u tarbiya ishlarini maqsadga muvofiq to’g’ri yo’naltirish imkonini beradi. Demak, oliy maqsad — yosh avlodni milliy qadriyatlarimiz, yaxshi urf-odatlarimiz va oilaviy an’analar ruhida tarbiyalash, jamiyat uchun oliyjanob fazilatli, bilimdon, madaniyatli, bir so’z bilan aytganda, komil insonni yetishtirishdir. Xo’sh, komil inson tarbiya-sida biz nimalarga e’tibor berishimiz zarur0

Oilada bolalarni to’g’ri tarbiyalashning asosiy shartlaridan biri tarbiyadagi birlikdir. Bunda ota-ona, oiladagi katta-yu kichik, hamma biryoqadan bosh chiqarishi, harakat qilishi kerak. Hamma narsada: bolalarga muomalada, ularni rag’batlantirish va jazolashda, tarbiyaviy ta’sir o’tkazishning boshqa vositalarini qo’llashda hammada yakdillik bo’lishi lozim. Odatda, ko’pincha bolaning onasi yoki buvisi ruxsat bergan narsani otasi taqiqlab qo’yadi yoki otasi bergan jazoni onasi rad etib buzadi, bolaning bir qilig’ini buvisi maqtasa, shu qilig’i uchun otasi uni koyiydi va hokazo. Bunday telba-teskarilik, avvalo, bola tarbiyasini buzadi. Bunday vaziyatda bola talabchan otasi bilan rahmdil onasi va ko’ngli bo’sh buvisi o’rtasida yo’l topishga odatlanadi. Kattalar orasidagi beqarorlik va kelishmovchilikni sezgan bola mug’ambirlik, aldamchilik, tilyog’la-malik, xushomadgo’ylikka o’rganadi.

Bolani aql (talabchanlik) bilan sevganda, lining qiziqishlariga diqqat-e’tibor bcrganda, mazkur yoshidagi talab va ehtiyojlarni bilganda, bu harakat ota-onaga ruhan va jisman barkamol insonni tarbiyalab yetishtirish imkonini beradi. Bunday farzand o’z navba-tida ota-onasini mehr bilan sevadi, ular to’g’risida g’amxo’rlik qiladi.

Bu ajablanarli hoi cmas. Chunki biz bolalarni qay tarzda yaxshi ko’rsak, ulaming ruhiyati, ichki dunyosi, atrof-muhitga muno-sabati ham shu tarzda tarkib topa boradi.

Hayol tajribasi Shuni ko’rsatadiki, ba’zi ota-onalar bolaning hamma talab-ehtiyojlariga haddan tashqari e’tiborli bo’lib, barcha injiqlik va o’larliklarini ko’tarishga intiladilar. Bunday bola kelajakda iiosluid bo’lib o’sishdan tashqari, katta bo’lganda to’g’ri-noto’g’ri flkrni oclamlarga zo’rlab o’tkazadigan, yomon xulqli, jamiyatga zararli kishi bo’lib qoladi.

Ota-ona hamma bolalariga bir xilda munosabatda bo’lishi tarbiyaning muhim shartidir. Bu omil oilada aka-ukalarning ahil, bir-biriga mehribon, oqibatli bo’lishiga olib keladi. bola oldida ota-onaning obro’si, hurmatini oshiradi, o’z tengqurlari va boshqa odamlarga yaxshi munosabatda bo’lishga, ular to’g’risida g’amxo’rlik qilishgao’rgatadi.

Kuzatishlardan ma’lum bo’ladiki, ba’zida bir ota, bir onadan tug’ilib, bir oilada katta bo’lgan bolalar ko’pincha fe’l-atvorjihatidan bir-birlariga hech o’xshamaydilar. Biri mo’min-qobil, gapga quloq soladigan bo’lsa, boshqasi sho’x, yerga ursa osmonga sapchiydigan bo’ladi. Bunday holatda kattalar ulaming har biriga, o’ziga qarab muomala qilishlari, birini ikkinchisidan ortiq ko’rmasliklari lozim. Bilaks, bu qarash har ikki bolaning tarbiyasiga, ruhiyatiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Buni unutmaslik kcrak.

Bola tarbiyasi g’oyat nozik, bu narsa vaqtni qo’ldan boy bermay, doimo, muntazam shug’ullanishni talab etadi.

Bolaga munosabatda, birinchi navbatda, uning yoshini hisobga olish kerak. Bolaning o’sish bosqichini uning yoshiga nisbatan quyidagicha belgilash mumkin: uch yoshgacha; uchdan yetti yoshgacha; yettidan o’n yoshgacha; o’ndan o’n to’rtgacha; on to’rtdan o’n sakkiz yoshgacha.

Uch yoshgacha bo’lgan bolada jismoniy-ruhiy belgilar rivojlanadi. Bu davr bola hayotidajuda mas’uliyatli davrdir. Kichkina vujudning risoladagidek o’sishi, ya’ni ovqat yeyishga, yurish va gapirishga o’rganishi mana shu davrga to’g’ri keladi. Shuning uchun ota-onalar bu davrda bolagajuda hushyorbo’lishlari kerak. Bola tana a’zolarining to’g’ri rivojlanishi, aniq-ravon so’zlashga o’rganishi, yaxshi-yomon narsalar haqida to’g’ri tushunchalar hosil qilishi, ota-onalarning c’tiboriga bog’liq.

Shuni unutmaslik kerakki, bola rivojlanishida 3—7yush oralig’idagi bosqich juda nozik, alohida ahamiyat berish lozim bo’ladigan davrdir. Bu davrda bola hissiyotida hayotga faol aralashish istak-ishtiyoqi qanot yozib, jo’sh uradi. Bola ko’proq mustaqil harakat qilishga — kiyimlarini o’zi xohlaganicha kiyishga, ovqatini ov.i mustaqil yeyishga, dov-daraxl va tepaliklarga tirmashib chiqishga, o’yinchoqlarini buzib-tuzatishga. xullas, hamma-hamma narsani o’zi bajarishga intiladi va o’yinqaroq bo’lib, hadeganda ko’chaga chiqqisi kelaveradi. Nimani ko’rsa, eshitsa, o’sha haqda qayta-qayta savol berib so^rayveradigan bo’ladi. Ota-onalar boladagi bu xususiyatlarni to’g’ri lushuuishlari, uning intilishi, qiziqishini bo’g’masliklari, aksincha crkinlik berib, laqat xaiti-harakatlari to’g’ri yoki noto’g’riligini ziyraklik bilan ku/aiib borishlari kerak. Xuddi ana shu davrda bolada hayotiy to’g’ri iiishiinchalarni shakllantirish lozim. Buning uchun esa yolg’on gapirmaslik, iloji boricha xunuk narsalarni bemaza so’zlar bilan ilbdalamaslik, hai bir savoliga yoqimli va jiddiy, aniq-ravshan javob berish kerak.

Yetti yoshdan o’n yoshgacha bo’lgan bolalarda bu jarayoniar boshqacharoq kechadi. Bola bu yoshida ancha og’ir-va/min bo’lib. jiddiylashadi. Endi yangi davr —maktab hayoti boshlanadi. Bu davrda ota-onalar uydagi tarbiyaning maktab tarbiyasiga /id kelib qolmasligiga alohida e’tibor berishlari kerak. Buning uchun ota-onalar maktabga bot-bot borib, o’qituvchilar bilan suhbatlashish-lari, bolaning uydagi va maktabdagi xatti-harakatlarini taqqoslab ko’rishlari, ziddiyat paydo bo’lsa, tezda oldini olishlari darkor. Bu davrda bolani ruhan qo’llab-quvvatlab, yordam berish, unga madadkor bo’lish, ko’nglini ko’tarib turish zarur, chunki yangi hayotga — maktab hayotiga o’rganish, yangi ko’nikmalar hosil qilish hamma bolalar uchun ham oson bo’lavermaydi.

10 yoshdan 14 yoshgacha bo’lgan bolalarda yanada yangi jarayoniar paydo bo’ladi. Bolaning gap-so’zlari, xatti-harakailari avvalgidan ham jiddiyroq ma’no kashf etadi. Bu davrda bola endi maktab hayotiga to’la moslashib olgan, bir qator mashaqqatli soatlarni ortda qoldirgan, ancha mustaqillikka erishgan bo’ladi. Ota-onalar bu davrda bolada paydo bo’layotgan yangi o’zgarishlarga e’tibomi qaratishlari, ya’ni jinsiy balog’atga yetayotgani, bu esa bolada allaqanday noxush kayfiyatlar tug’dirayotganiga diqqatni qaratib, unda yaxshi, go’zal tuyg’ularning kamol topishiga ko’mak-lashishlari kerak.

O’n to’rt yoshdan o’n sakkiz yoshgacha bo’lgan davr bolaning voyaga, kamolotga yctish davri hisoblanadi. Bu davrning asosiy, alohida belgisi — bola o’zini to’la mustaqil tutishga harakat qilishidir.