Maktab ma'muriyati     +998 (436) 224-02-01

Sport-sog’lomlashtirish

Dillarga cheksiz quvonch va shodlik bag‘ishladi

DSC_1378 - копияYoshlik va sport bayrami dillarga cheksiz quvonch va shodlik bag‘ishladi Uch bosqichli mazkur tizimning ilk bo‘g‘ini – “Umid nihollari” sport o‘yinlarining bu yilgi final bosqichi hududlarda tashkil etilganligi bu sport musobaqalarining ommaviyligini yanada oshirish barobarida unda yanada ko‘proq yoshlarimiz ishtirok etishi ta`minlandi.

“Umid nihollari – 2015” sport musobaqalarining viloyat final bosqichida terma jamoalardan 128 nafar o‘quvchi sportning o‘n yetti turi – badiiy gimnastika, badminton, basketbol, boks, voleybol, dzyudo, yengil atletika, og‘ir atletika, sport gimnastikasi, stol tennisi, suzish, taekvondo, futbol, shaxmat, erkin va yunon-rum kurashi, qo‘l to‘pi bo‘yicha faol ishtirok etdi.

Bir hafta davom etgan qizg‘in va murosasiz bahslarda g‘oliblar aniqlandi.

DSC_1399

Navoiy shahridagi amfiteatr majmuasi 27 may kuni kattayu kichik bilan gavjum. Bugun bayramona bezatilgan bu koshonaga “Umid nihollari – 2015” sport o‘yinlarining final bosqichi qatnashchilarini sharaflash tantanasiga bag‘ishlangan yoshlik, go‘zallik va sport bayramiga shahar va tuman umumta`lim maktablaridan kelgan besh mingdan ziyod o‘quvchi yig‘ilgan. Ota-onalar, ustoz-murabbiylar hamda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ham yosh sportchilarni qutlash marosimiga kelishgan.

Tantanali tadbirda so‘z olgan “Kamolot” YIH Markaziy Kengashi raisi Bahodir G‘aniyev yosh sportchilarni sport bayrami bilan qizg‘in tabrikladi.

DSC_1451G‘olib sportchilarni taqdirlash uchun so‘zga chiqqan viloyat hokimi, senator E. Turdimov mamlakatimizda sport sohasining rivojlantirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga katta e`tibor qaratilayotganligini alohida ta’kidladi. Shuningdek, bugungi kunda yoshlarimiz qit`a va jahon chempionatlari, Osiyo va Olimpiya o‘yinlarida yuksak muvaffaqiyatlarga erishayotganligi haqida gapirar ekan, ularning nomlarini faxr bilan tilga oldi.

Shundan so‘ng, g‘oliblarga mukofotlar topshirildi. Umumjamoa hisobida faxrli birinchi o‘rinni egallagan Navoiy shahri jamoasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘asi – “Damas” avtomashinasi viloyat hokimi E. Turdimov tomonidan tantanali ravishda topshirildi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinni egallagan Xatirchi tumani va Zarafshon shahri jamoalari g‘oliblik kubogi bilan taqdirlandi.

Sport turlari bo‘yicha eng exshi natijalarga erishgan 45 nafar etakchi sportchilar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining qimmatbaho sovg‘alari – televizor, velosiped, DVD-pleer hamda sport kiyimlari jamlanmasi bilan mukofotlandi.

Sport bo’yicha natijalar

  Sport_boyicha_natijalar.doc (62,5 Кб, 284 скачиваний)

_______________________________________

01 02

03 04

05 06

08 09