Yoshlar ittifoqi faoliyati

Tarkib foto

Prezident farmoni

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

  Ozbekiston_Respublikasi_Prezidentining_farmoni.pdf (181,1 Кб, 278 marta yuklab olingan)

O’zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan o’quvchilarning qiziqishlariga ko’ra tashkil etilgan to’garaklar jadvali

  Togaraklar_jadvali.doc (52,0 Кб, 278 marta yuklab olingan)

Yoshlar ittifoqi tayanch o'quv rejasi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida maktab buyrug‘i

Maktabning 2018-yil 10-sentabrdagi 12-AF sonli buyrug‘i. Maktabda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy etuk va jismonan sog‘lom barkamol avlodni voyaga etkazish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida muayyan ishlarni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faoliyatini qo‘llab – quvvatlash to‘g‘risida”gi 2017 yil 5-iyuldagi PF-5106-sonli Farmoni hamda “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2017 yil 18-iyuldagi PQ-3138-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida

BUYURAMAN:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faoliyatini qo‘llab – quvvatlash to‘g‘risida”gi 2017 yil 5-iyuldagi PF-5106-sonli Farmoni hamda “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi 2017 yil 18-iyuldagi PQ-3138-sonli Qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.

2. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining 2018-2019 o‘quv yiliga mo‘ljallangan ish-rejasini ishlab chiqish va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Navoiy shahar kengashi bilan hamkorlikda tasdiqlash.

3. Maktabda tashkil etilgan “Munozara”, “Zakovat” to‘garagi, “Muvaffaqiyat maktabi” o‘quv trening mashg‘ulotini faoliyatini samarali tashkil etish.

4. Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faoliyatini qo‘llab –quvvatlash yuzasidan ishchi guruh tarkibi 1-ilovaga “Muvaffaqiyat maktabi” o‘quv trening mashg‘ulotlarini o‘tkazish jadvali 2-ilovaga, “Muvaffaqiyat maktabi” o‘quv trening mashg‘ulotlari mavzulari va samarali o‘tish natijadorligini oshirish maqsadida mas’ul etib biriktirilgan o‘qituvchilar ro‘yxati 3-ilovaga, “Kamalak” bolalar tashkiloti va yoshlar ittifoqi tasarrufida tashkil etilgan to‘garklarga va ularga biriktirilgan mas’ul o‘qituvchilar ro‘yxati 4-ilovaga, maktabda tashkil etilgan intelektual klublar ro‘yxati 5-ilovaga, “Munozara klubi”da olib boriladigan mavzular ro‘yxati 6-ilovaga, sinf “Kamalak” sardorlarini yoshlar ittifoqi sardorligiga tayyorlash maqsadida biriktirilgan mas’ul o‘quvchilar ro‘yxati 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

5. Maktab direktorining MMIBO‘ A.Abloyarov, yoshlar ittifoqi etakchisi D.Aslonova va barcha sinf rahbarlariga:

-2018 yilning 7 sentyabr kuniga qadar sinf “Kamalak” va ittifoq sardorlarini saylab olish;

-2018 yil 8 sentyabr kuni “Kamalak” va ittifoqning maktab sardorlari saylovini viloyat miqyosida na’munali etib o‘tkazish;

-2018 yil 10 sentyabrga qadar sinflar kesimida o‘quvchilarning a’zolik anketalarini yangilash;

-Har bir sinfda alohida ittifoq va “Kamalak” papkalarini tayyorlash;

-haftaning har payshanba kuni ittifoq sinf sardorlarining sinf rahbar bilan birgalikda boshlang‘ich tashkilot kengashi qoshida hisobotini tinglash;

-haftaning har juma kuni “Kamalak” sinf sardorlarining sinf rahbar bilan birgalikda boshlang‘ich tashkilot kengashi qoshida hisobotini tinglash;

-sinfdagi barcha o‘quvchilarga tarbiyaviy soatlarda yoshlar ittifoqi to‘g‘risida tushunchalar berish maqsadida o‘quvchilar va sardorlarning faolligini oshirish;

-sinflar kesimida ittifoq faoliyatidan viktorinalar tashkil etish va ushbu viktorinalarda o‘quvchilar faolligini oshirish;

– har bir sinfda na’muna sifatida “Kamalak” va ittifoq partalarini tashkil etish va uni ma’lum bir belgi bilan ajratib qo‘yish;

-har oyning oxirida barcha sinflar o‘rtasida “Kamalak” va yoshlar ittifoqining oylik reytingini aniqlash;

-reytingda yuqori ko‘rsatkichni egallagan sinf sardorlar kengashini rag‘batlantirish;

-barcha to‘garaklarda olib boriladigan mashg‘ulotlarni o‘z vaqtida sifatli olib borishini ta’minlash;

-o‘quvchilarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida to‘garaklarga o‘quvchilarni kengroq jalb etish;

-haftaning har chorshanba kuni “Muvaffaqiyat maktabi” o‘quv trening mashg‘ulotlarini mas’ul o‘qituvchilar tomonidan o‘tilishini nazorat qilib borish;

-barcha sinf rahbarlar mas’ulligida 5-11 sinf sardorlarini “Muvaffaqiyat maktabi” o‘quv trening mashg‘ulotlariga rejaga muvofiq ta’minlab berish;

-ushbu buyruq bandlarida berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan barcha mas’ullar reestor orqali tanishtirilsin.

-sinf sardorlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan sinf rahbarning haftalik va oylik hisobotini tinglash vazifalari topshirilsin.

6. Ushbu buyruq ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.

Boshlang'ich tashkilot pasporti

To‘garak va intellektual klublar faoliyati

Navoiy shahar 12-DIUM da jami 2026 nafar o‘quvchi ta’lim – tarbiya olib kelmoqda. SHundan 1098 nafar o‘g‘il bola, 928 nafar qiz bola hisoblanadi. Maktabda 65 ta sinf bo‘lib, shundan 46 ta 1-7 sinflar, “Kamalak” a’zolar soni 1432 nafar, sinf sardorlar soni 46 nafar, sardorlar kengashi a’zolari soni 414 nafarni tashkil etadi. SHuningdek, 19 ta 8-11 sinflar bo‘lib, ittifoq a’zolar soni 594 nafar, sinf sardorlar soni 19 nafar, sardorlar kengashi a’zolari soni 171 nafarni tashkil etadi.Maktabda 2018 yil 10 sentyabrdagi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 12-AF-sonli buyrug‘i ishlab chiqildi. Ushbu buyruq asosida yoshlar ittifoqi va “Kamalak” bolalar tashkilotining quyidagi to‘garak va intellektual klublari faoliyati samarali tashkil etildi.

1. “Yosh ixtirochilar” to‘garagi – fizika fani o‘qituvchisi N.Temirova mas’ulligida bir oyda ikki marta haftaning har chorshanba kuni soat 11-30 dan 12-30 gacha Yoshlar ittifoqi xonasida o‘tkaziladi.

2. “O‘quvchi yoshlar teatri” – Umrzoqova Munira, Istamova Muxayyo mas’ulligida har oyda bir marotaba haftaning har dushanba kuni soat 10-00 dan 11-00 gacha YOshlar ittifoqi xonasida o‘tkaziladi.

3. “Yosh qalamkashlar” to‘garagi – tasviriy san’at fani o‘qituvchisi H.Baxtiyorova tomonidan haftaning har seshanba -payshanba kunlari 12-00 dan 12-30 gacha 4-xonada o‘tkaziladi.

4. “Yosh kitobxonlar” to‘garagi – A.Komilova, D. Mardonova mas’ulligida har oyda ikki marotaba maktab faollar zalida baxs munozara tarzida o‘tkaziladi.

5. “English convercation”-ingiliz tili fani o‘qituvchisi H.Qodirova mas’ulligida haftaning har seshanba kuni 10-00 dan 11-00 gacha ngiliz tili xonasida o‘tkaziladi.

6.“Oltin toj” intellektual o‘yini – D.Hojieva rahbarligida, N.Mirzaeva, R.Qodirova, D.Ergasheva M.Zaynutdinova masulligida 1-4 sinflar o‘rtasida Har oyning ikkinchi hafta juma kuni soat 13-30 da maktab faollar zalida o‘tkaziladi.

7. “O‘yla, izla, top” intellektual o‘yini – O‘TIBDO‘ M.Mamatova rahbarligida, O.Ro‘zimurodova, R.Dilmurodova, Z.Sattorova G.Amonova O.Baxriddinova masulligida 5-7 sinflar o‘rtasida Har oyning uchinchi hafta juma kuni soat 13-30 da maktab faollar zalida o‘tkaziladi.

8. “Zakovat” intellektual klubi-Klub rahbari MMIBDO‘ A.Abloyarov,J.SHaripov, M.Amonova, I.Karimov, G.Sirojovalar masulligida 8-sinflar o‘rtasida har oyning 1-3 chorshanba kuni, B.Jalolova, D. Norqulova, F.G‘afforova A.SHomamatov mas’ulligida 9-sinflar rtasida har oyning 2-4 payshanba kunlari, M.Muxammadieva, A.Amonov, S.Safarova Z.Qudratovalar mas’ulligida 10-sinflar o‘rtasida har oyning 1-3 juma kuni, A.Toshniyozov, G.To‘raeva, M.Mingboeva, SH.Murodova mas’ulligida 11-sinflarlar o‘rtasida har oyning 2-4 juma kuni kuni o‘tkaziladi.

9. “Munozara” klubi – Z.Ortiqova rahbarligida G.Nurullaeva, M. Naimova N.Uzoqova mas’ulligida 9-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida Har oyning birinchi hafta juma kuni soat 14-00 da yoshlar ittifoqi xonasida o‘tkaziladi.

Yoshlar ittifoqi mukofoti nizomi