Maktab ma'muriyati     +998 (436) 224-02-01

Maqolalar

“HALLOWEEN” ҲАҚИДА БИЛАСИЗМИ?

Бугунги кун ёшларини маънавий уйғоқ, интеллектуал салоҳиятли, жисмонан соғлом авлод, дея баралла айта оламиз. Чунки истиқлол туфайли кундан-кун равнақ топаётган жамиятимизда миллий маънавиятимиз ва қадриятларимизнинг тикланиши учун барча шарт-шароитлар яратилди. Гўзал миллий анъаналаримиз, бетакрор урф-одатларимиз тикланди, улуғ аждодларимизнинг улкан маънавий мероси қадр топди. Буюк боболаримиз қолдирган олтин меросдан баҳра олаёт- ган юртдошларимиз қалбида муқаддас тупроқ, Она-Ватанга меҳр-муҳаббат туйғулари жўш урмоқда. Аммо ҳар доим ҳар қандай вазиятда ҳам ҳушёрликни қўлдан бой бермаслигимиз, лоқайдликка берил- маслигимиз лозим. Шунинг учун юртимиз- да ёшлар таълим-тарбияси давлат сиёса- ти даражасига кўтарилган. Шуни алоҳида қайд этишни истардикки, бугунги глобал- лашув даврида ҳаётимизни ахборот тех- нологияларисиз тасаввур эта олмаймиз. Бундай ҳолатларда маънавий иммунетити кучли, зукко ёшлар интернет тармоғидан ўзлари учун керакли маълумотларни олиб, қайсидир маънода вақтини тежаб, билим захирасини бойитаётир. Лекин, ахборот танлашни билмайдиган айрим ёшлар “оммавий маданият” ниқоби остидаги бузғунчи ғоялар таъсирига берилиб қолаётгани кўпчиликни ташвишга солмоқда. Маълумки, айнан октябрь ойининг сўнгги кунида, аниқроғи 31 октябрда АҚШда энг йирик байрам “Halloween” бўлиб ўтади. “Halloween” тарихи эрамиздан олдинги 5 мингинчи йилларга бориб тақалади. Қадимги Ирландия, Франция ва Швеция- да айнан 31 октябрда ёз ойининг тугаши ҳисобланиши билан бирга 1 ноябрь янги йилнинг бошланиши ҳисобланган. Ўша давр одамлари айнан ўша оқшомда ёвуз руҳлар кўчаларда изғиб юриши ҳақида тахмин қилишган ва ўзлари ҳам айнан ёвуз руҳларга ўхшаб кийинишган, гўёки уларни кўрган ёвуз руҳлар бу хонадонда руҳлар бор экан, деб бошқа хонадонга ўтиб ке- тишига ишонишган. Ирландия аҳолиси XVIII асрда АҚШга қочиб келганидан сўнг АҚШда ҳам ушбу анъанани давом эттири- шади. Америкаликларга эса ушбу бепул томоша жуда ёқиб тушади ва бу санани “Halloween” байрами деб қабул қилишади. Эртак қаҳрамонлари либосларини кийиш ва ниқоблар тақиш, шунингдек, ичи ўйилган, кўз ва оғиз чизилган ҳамда ичига шам ўрнатилган қовоқ байрамнинг ажралмас белгилари ҳисобланади. Болалар кўпинча арвоҳ ёки ялмоғиз кийимини кийиб олиб, уйма-уй юриб, “Бизга бир нима бер ёки сеҳрлаб қўямиз!“—дейишади. Аслида ҳар бир тинч ва осуда ўтаётган кунимизнинг ўзи байрам эмасми?! Ҳар бир кунимиз унумли ва фойдали ўтиши учун онгимизни бунёдкор ғоялар билан безайлик!

Навоий шаҳар 12 ДИУМ ММИБДЎ                                       Анвар АБЛОЯРОВ

_______________________________________________________________________________________________________________________________

Uyalib qolmang…

Butun dunyoda globallashuv jarayonlari sodir bo‘layotgan bugungi kunda insoniyat ma’naviyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan turli mafkuraviy tahdidlar xuruj olmoqda. Shu o‘rinda milliy ma’naviyat va madaniyat ildizlariga bolta uruvchi, globallashuv ko‘lankasi ostida butun dunyoga kirib borayotgan “ommaviy madaniyat” va uning oqibatlariga to‘xtalmasdan ilojimiz yo‘q. “Ommaviy madaniyat” tub mohiyatiga ko‘ra, madaniy xilma-xillikni xushlamaydi, o‘z nomi bilan uning asl maqsadi – ommalashishdir. Xo‘sh, bugungi kunda dunyo hamjamiyati o‘rtasida ommalashib borayotgan “ommaviy madaniyat” yoshlarning ma’naviy ongi to‘g‘ri shakllanishiga salbiy ta’­sir ko‘rsatmaydimi? Yoshlarimiz axloqsizlik o‘chog‘iga aylanib borayotgan  “ommaviy madaniyat”ni nima ekanligini bilishadimi?

Keling, ba’zi kimsalar bayram deb hisoblaydigan “Sevishganlar kuni”ga to‘xtalib o‘tsak. Zamirida “ommaviy madaniyat”ning ta’siri yaqqol sezilib turgan, yoshlarimizga “Sevishganlar kuni” deb tiqishtirilayotgan bu “bayram” ortida o‘zgacha niyat yo‘qmikan… “Avliyo Valentin kuni” nomi bilan kirib kelgan “bayram” mohiyati, aslida, yoshlarning zaif tomonlaridan foydalanib, turli g‘ayriinsoniy aqidalarni ular ongiga singdirishga xizmat qiladi, xolos.

…14 fevral – “Valentin kuni”. Nega aynan shunday kun? Bilasizmi, ushbu kun haqida haligacha aniq ma’lumotlar yo‘q. O‘sha  Valentin degan “avliyo” kim ekani xususida o‘ylab ko‘rsak, u haqida juda ko‘plab isbotini topmagan ma’lumotlarga duch kelamiz.

Katoliklar cherkovi Valentin nomi bilan eng kamida uchta avliyoni tan oladi. Birinchi rivoyatga ko‘ra, Valentin uchinchi asrda Rimda ruhoniy bo‘lgan. Imperator Klavdiy ikkinchi o‘z askarlarini harbiy yurishlardan chalg‘imasligi uchun ularning oila qurishlarini taqiqlovchi farmon chiqaradi. Ammo Valentin Klavdiyga qar­shi chiqib, sevishgan yoshlarni yashirin ravishda nikohdan o‘tkazishda davom etgan. Valentinning bu qilmishi ayon bo‘lgach, Klavdiy uni o‘limga mahkum etgan. Ba’zi tarixiy rivoyatlarga ko‘ra, Valentin xristianlarga Rim qamoqxonalaridan qochishda yordam bergani uchun qatl etilgan, degan ma’lumotlar ham bor. Yana bir rivoyatga ko‘ra, Valentin birinchi “Valentinka” jo‘natgan deb hisoblaydilar. Qamoqda yotgan Valentin uni ko‘rishga kelgan qamoqxona nazoratchisining qiziga oshiq bo‘lib qoladi. O‘limi oldidan unga “sening Va­lentining” degan imzo bilan xat yozadi. Yana ikkinchi bir Valentin o‘zi­ning tabiblik qobiliyati va taomlarga ishqibozligi bilan mashhur bo‘lib, u faqat mazali dorilar tayyorlagan. Uchinchi Valentin to‘g‘risida ma’lumot juda kam, faqat uning Afrikada o‘ldirilgani ma’lum. Ba’zilarning fikricha, Muqaddas Valentin kuni fevral’ o‘rtalarida, taxminan milloddan avvalgi 270 yilda Muqaddas Valentin o‘lgan yoki dafn etilgan kunni nishonlash bilan bog‘liq.

Ma’lumki, yurtimizda 14 fevral’ – Mirzo Boburning tavallud kuni sifatida keng nishonlanadi. Sevimli shoirimizning tug‘ilgan kuni o‘rniga qan­daydir Valentinning qatl kunini nishonlash qaysi mantiqqa to‘g‘ri keladi? Adabiyot va she’riyatga ixlosmand yoshlar bu kunni  buyuk ajdodimiz Mirzo Boburning tavallud kuni deb biladilar. Ayrim yoshlarning “Sevishganlar kuni”ni nishonlashini eshitib qolamizda, ularning ma’naviy qashshoqligiga achinib ketamiz. Aziz o‘quvchi, mentalitetimizga umuman to‘g‘ri kelmaydigan bu noodatiy “bayram”ning mohiyatini anglab olingda, uyalib qolmang.

Navoiy shahridagi 12-DIUM MMIBDO‘:                             Anvar ABLOYAROV