Maktab ma'muriyati     +998 (436) 224-02-01

Ko‘rik-tanlovlar

 “Mening bobom, buvim-mahallamiz faxri” mavzusida eng yaxshi insholar tanlovi

ZiyoNET Resurs markazi tomonidan “Keksalarni e’zozlash yili” munosabati bilan “Mening bobom, buvim-mahallamiz faxri” mavzusida eng yaxshi insholar tanlovi e’lon qilinadi.

Tanlovda barcha 8-9-sinf maktab, kollej va litsey o‘quvchilari o‘z insholari bilan ishtirok etishi mumkin. Insholar o‘zbek yoki rus tillarida qabul qilinadi.

Insho “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda, unda qanday vazifalarni amalga oshirish g‘oyasi ilgari surilganligi, dastur asosida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan xayrli ishlarni hayotiy misollar, badiiy va publicistik asarlar va xalq maqollari, hikmatli so‘zlar, ibratli rivoyat va boshqa materiallardan o‘rinli va unumli foydalangan holda yoritib berilishi lozim.

Insho matni so‘nggida har bir ishtirokchi o‘z ism-familiyasi bilan birga ma’muriyat bog‘lana olishi uchun telefon raqami, manzili, ta’lim muassasasi nomini ko‘rsatishi lozim.
Shuningdek, ishtirokchilardan ijod namunalarini quyidagi internet manziliga joylashtirishlari ham talab etiladi.

Tanlov joriy yilning 24-aprelidan 24-mayiga qadar davom etadi va oxirgi ijod namunasi 20-may kuni soat 18:00 gacha qabul qilinadi.

G‘oliblar quyidagi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar:

• 1-o‘ringa “Televizor”

• 2-o‘ringa “Planshet”

• 3-o‘ringa “Smartfon”

Eng yaxshi deb topilgan insholar Ommaviy axborot vositalarida ham e’lon qilinadi.

Bog‘lanish uchun telefonlar: 0 (371) 239-44-56, 0 (371) 246-04-70, 0 (371) 238-42-26.