Maktab ma'muriyati     +998 (436) 224-02-01

Maktab tarixi

Navoiy shahridagi 12-Davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabining tarixi

Navoiy shahar 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 1988-yil 2-sentabrdan o‘z faoliyatini ikki tilda, ya’ni rus va o‘zbek tillarda boshlagan. Dastlab maktabda 53 sinf bo‘lib, ularda 1716 nafar o‘quvchi shundan 814 nafari qizlar taxsil olgan.

Tillar kesimida taxlil etsak:

— ta’lim rus tilida olib boriladigan 37 ta sinfda 1181 nafar o‘quvchi

— ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan 16 ta sinf 535 nafar o‘quvchi

1988 yilda 9ta 1-sinf ochilgan bo‘lib, 292 nafar o‘quvchi birinchi bor maktab ostonasiga ilk qadam qo‘ygan. Maktabning 1-sinflarini o‘qitgan o‘qituvchilar S.Beketova, A.Strelnikova, V.O’razova, Z.Avezova, R.Rayimovalar barchasi hozirgi kunda nafaqada bo‘lsa, M.Bo‘ronova hozirgi kunda maktabning 1-“D” sinfini o‘qitmoqda.

Maktabning birinchi o‘qituvchilari: Avdeyev A.I- direktor o‘rinbosari, Bibutova M.Y- direktor o‘rinbosari, matematika fani o‘qituvchilari N.Esanova, L.Zaynutdinova, V.Ergasheva, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari X.Xotamova, M.Norqulova,R.Sharopova, ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi D.Xalilova, jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi B.Xayitov, rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari Shin D.V, Galyamova G.M, Bekbayeva R.I, Ibragimova M.K, Raxmatov A.N

Maktabga hozirga qadar 6 ta direktor faoliyat ko‘rsatgan:

— Titov Aleksandr Ivanovich 1988-1990-yillar

— Buzina V.L. 1990-1992 yillar

— Safarov Namoz Ortiqovich 1992-1993-yillar

— Zohidova E’tibor Soliyevna 1993-2009-yillar

— Norov Shuxrat G‘aybullaevich 2009-2011-yillar

— Azimov Azamat Azimovich 2011-yildan hozirgi kunga qadar

1990-yilda Navoiy shahar 10-kichik tumanda 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyat boshlagandan so‘ng 20 taga yaqin sinf va 27 nafar o‘qituvchi maktabdan maktabga ko‘chirilgan.

1995-yildan boshlab maktab ekologiya yo‘nalishi bo‘yicha ish faoliyatini boshlagan, “Gullar va qushlar” bayramini o‘tkazish an’anaga aylangan.

1996-yil 14-avgustdagi K-198-sonli qaroriga asosan 12-maktab – gimnaziyaga aylantirilgan.

1988-2000-yillarda maktabda ta’lim ikki tilda, ya’ni rus va o‘zbek tillarida olib borilgan. 2000-2001 o‘quv yilidan ta’lim rus tilida olib boriladigan sinflar qo‘shni 11-maktabga ko‘chirilgan.

Maktab qator yillarda ekologiya yo‘nalishida shaharda, qolaversa viloyat tayanch maktab sifatida faoliyat ko‘rsatib, respublika miqyosida faxrli o‘rinlarni egallagan.

Maktabni dastlab 1990-yilda 21 nafar o‘quvchi rus sinfida tugatgan bo‘lsa, 2013-yilgi bitiruvchilar bilan birga jami 1882 nafar o‘quvchi maktabni muvaffaqiyatli tugallab mustaqil hayotga qadam qo‘yishgan. Jami 1882 nafar bitiruvchilardan 7 nafari oltin medal bilan tugallagan bo‘lsa, 21 nafari a’lo darajali shahodatnoma olishgan.

Maktab o‘quvchilaridan bir qatori shahar, viloyat va respublika miqyosida muvaffaqiyatlarga erishgan. Jumladan

— 2001-yilda Uchqun Xakimov tarix fanidan respublika fan olimpiadasida g‘olib chiqib, maktabni tugatmay turib oliygoh talabasi bo‘lgan, hozirgi kunda Toshkent shahar adliya boshqarmasida faoliyat yuritmoqda

— 2001-yilda Jumayev Siroj davlat xuquqi va asoslari fanidan respublika fan olimpiadasida g‘olib bo‘lib, maktabni tugatmay turib talaba bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lgan, hozirgi kunda Қiziltepa tumani departament boshlig‘i sifatida faoliyat yuritmoqda

— 1996-yilda maktabni muvaffaqiyatli bitirgan Farhod Mirzayev hozirgi kunda “Do‘stlik bayrog‘i” va “Znamya drujbiu” gazetalari bosh muharriri o‘rinbosari vazifasida ishlab kelmoqda

— 2003 yilda maktabning 11 sinf bitiruvchisi Dilyora Aminova “Prezident asarlarini o‘rganamiz” tanlovining respublika bosqichida faxrli 3-o‘rinni egallagan bo‘lsa, shu yilning o‘zida maktab jamoasi “Siz tarixni bilasiz-mi?” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib faxrli 3-o‘rinni egalladi.

— Oliy toifali matematika fani o‘qituvchisi N.esanovaning o‘quvchilaridan Nazir Jo‘raev, Javlon Isomurodovlar respublika fan olimpiadalrida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, hozirgi kunda Angliya va Rossiya davlatlarida o‘qishini davom ettirmoqda.

— 2012-yilda “Kamolot atrofida birlashaylik” ommaviy tadbirlar oyligida faol ishtirok etib faxrli 1-o‘rinni egalladi

— 2013-yilda shahar maktablari orasida o‘tkazilgan “Mening maktabim-mening faxrim” ko‘rik-tanlovida 1-o‘rinni egalladi.

— 2013-yilda 4-“I” sinf o‘quvchisi E’zoza Umrzoqova “Kamalak yulduzlari” bolalar festivali respublika bosqichida golib bo‘ldi, birinchi she’riy kitobchasi nashrdan chiqarildi.

 Maktab jamoasining shiori: Ҳamjixatlik – muvaffaqiyatlar garovi

Muammoli mavzusi: ekologik madaniyatni o‘quvchilar ongiga singdirish barcha fanlar tarkibida

Bu ustozlar qalbimizda mangu yashaydi:

Safarova N.Sh. – ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi

Ibragimova M.K. – rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi

Cho‘liyeva Salima — ingliz tili o‘qituvchisi

Axmedova Muazzam – tasviriy san’at fani o‘qituvchisi

Sanaqulova Muazzam- boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi

Nurmatova Nilufar – rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi

Navoiy viloyati hokimining 2013-yil 15-avgustdagi K-125-sonli hamda Navoiy shahar hokimining 2013 yil 16 avgustdagi Q-520/08-sonli qarorlariga asosan maktab matematika-fizika, ona tili, rus tili va ingliz tili fanlari ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi maqomiga ega bo‘ldi.

Ҳozirgi kunda maktabda ta’lim ikki tilda olib boriladi, ya’ni 1-4 sinflarda rus tilida va 1-9 sinflarda o‘zbek tilida. Jami 50 ta sinfda 1568 nafar o‘quvchiga 132 nafar tajribali o‘qituvchilar ta’lim-tarbiya berishmoqda.

Sinflardan 25 tasi ixtisoslashtirilgan bo‘lsa, 25 tasi umumta’lim sinflar hisoblanadi. Maktabda ta’lim jarayoni 2 navbatda tashkil etilmoqda.